“Bir deputat 100 ayolga ko‘makchi” loyihasi amalda

23.11.2023, 18:01

“Bir deputat 100 ayolga ko‘makchi” loyihasi amalda

O’zLiDeP Andijon viloyat kengashi deputati Xurshidaxon Xalilova Andijon tumani “Qum ko‘cha” MFYga qarashli Qumko‘cha va Rovvot ko‘chalarida istiqomat qilayotgan ishsiz xotin-qizlarning turmush sharoiti bilan tanishdi. Tashrif davomida partiya Ayollar qanotining “Bir deputat 100 ayolga ko‘makchi” loyihasi doirasida ayollarga ma’naviy - moddiy yordamlar  ko‘rsatilib, ularni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash, maslahat va ko‘rsatmalar berish kabi ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, “Qumko‘cha” MFYda yashovchi 1974 yilda tug‘ilgan, “Ayollar daftari”da turgan Majidova Feruzaxon salomatligida nuqsoni bo‘lib, nogironlik guruhiga chiqa olmay muammolarga duch kelgandi. Ayolning nogironlik guruhiga chiqish bo‘yicha murojaati deputat tomonidan o‘rganib chiqilib, nazoratga olingan edi. F. Majidovaning salomatligi bo‘yicha tibbiy ma’lumotnomalari tegishli tashkilotga taqdim etilib, qonuniy tartibda ko‘rib chiqildi va murojaat ijobiy hal etildi. Fuqaro hududiy tibbiy mehnat ekspertiza komissiyasi xulosasiga ko‘ra, II-guruh nogironligiga chiqarildi. 

Shuningdek, “Ayollar daftari”da turuvchi, ishsiz Gulhumor Mirzaalimova Andijon shahridagi Mono markazda kasb-hunarga o‘qitilib, chevarlik va kasanachilik hunarlarini egalladi. Shunday so‘ng unga deputat yordamida subsidiya ajratilib, 2 dona zamonaviy tikuv mashinasi topshirildi. Bugungi kunda u o‘z uyida ish yuritib, daromad olib kelmoqda.

Hududlarda loyiha doirasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

  • Ko'rildi
    104
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+