Xotin-qizlar mehnat qilayotgan tadbirkorlik sub’ekti faoliyati bilan tanishildi

27.11.2023, 17:57

Xotin-qizlar mehnat qilayotgan tadbirkorlik sub’ekti faoliyati bilan tanishildi

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi “Ayollar qanoti” “Bunyodkor ayollar” loyihasi doirasida Xo‘jayli tumanidagi “Qoraqalpoq tekstil” MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Mazkur tadbirkorlik sub’ektiga Nargul Xudaybergenova rahbarlik qilib kelmoqda. Partiya vakillari ushbu tadbirkor bilan suhbatlashish asnosida “O’zbekiston-2030” strategiyasining mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishtirib o‘tdi. Strategiyada xotin-qizlar masalasida ham qator ustuvor vazifalar belgilab berilganligi, mamlakatimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, qonunlar, shuningdek, qator farmon va qarorlar ijrosi doirasida olib borilayotgan ishlar, ayniqsa strategiyada barcha sohalar singari tadbirkorlikni ham yanada rivojlantirish borasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Partiya vakillari korxonada qo‘l mehnati bilan qilinayotgan ish jarayoni bilan yaqindan tanishar ekan, u yerda ishlayotgan ishchi xotin-qizlar bilan suhbatlashildi, ularning tadbirkorlikka oid fikr va takliflari tingladi. Tadbirkorning kelgusi reja va maqsadlari aniq. Faoliyatini yanada kengaytirib, ishchi o‘rinlar sonini ko‘paytirish, mahalla qizlarini ish bilan ta’minlash, o‘quv-markazlarini ochishni niyat qilgan. Tadbirkorning ushbu maqsadlarini amalga oshirishda partiya doimo yordamga tayyorgarligini bildirdi.

Muloqot davomida partiyaning tashkil topganining 20 yilligi bilan korxona ishchilari tabriklanib, partiyaning esdalik sovg‘alari taqdim qilindi.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    104
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+