Deputat fuqarolar murojaatini zudlik bilan hal qildi

01.12.2023, 15:12

Deputat fuqarolar murojaatini zudlik bilan hal qildi

O’z faoliyati davomida bor bilimi va tajribasini ishga solib shu yurt, xalq farovonligi uchun safarbar etib, mehnati, olib borayotgan xayrli va ezgu ishlari bilan el orasida qadr topayotgan deputatlarimiz ko‘pchilikni tashkil etadi.

Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi deputatligiga “Yangi ariq” mahallasi hududidan saylangan O’zLiDeP faoli Yusuf Murodovni karmanaliklar yaxshi biladi. U xalq orasida bo‘lib muammolarni joyiga chiqib o‘rganib, ijobiy hal etib kelmoqda.

Deputat qisqa muddatda o‘z tashabbuskorligi va harakatchanligi bilan mahalla ahlining hurmatini qozondi. Xususan, uning sa’y-harakati va tinimsiz ravishda mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari chiqarishi natijasida mahallaning “Qiziltom” ko‘chasidan o‘tgan ichimlik suv quvurining 450 metrlik ta’mir talab qismi to‘liq yangilandi. Natijada tamirtalab suv quvurining mazkur qismidan suvning behuda isrof bo‘lishiga chek qo‘yildi.  

  • Ko'rildi
    110
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+