Biz zo‘ravonlikka qarshimiz

01.12.2023, 15:14

Biz zo‘ravonlikka qarshimiz

Ma'lumki, jamiyatning muhim bo‘g‘ini bo‘lgan oilalar qanchalik tinch va totuv bo‘lsa, shundagina davlat tinch va barqaror ravnaq topishi mumkin. Shu jihatdan, oila qo‘rg‘onining mustahkamligi va unda ma’naviy jihatlarning shakllanishi hamda amalga oshirilishi muhim ahamiyatga ega. Binobarin oila deb atalmish muqaddas makonda farzandlar kamolga yetadi, ulg‘ayadi.

O’zLiDeP Namangan viloyati Kengashi Ayollar qanoti, Namangan shahar Kengashi, Namangan shahar oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda viloyat Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi hamkorligida "Biz zo‘ravonlikka qarshimiz" shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda bugungi kunda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ma’naviyati, ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish,  sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, oilalarni mustahkamlash, yigitlar va qizlar tarbiyasi, tazyiq va zo‘ravonlik hamda jinoyatchilikni oldini olish, jamiyatda olib borilayotgan barcha islohotlarda faol ishtirok etish bo‘yicha taklif va mulohazalar o‘rtaga tashlandi.

Shuningdek tazyiq va zo‘ravonlikning kelib chiqish sabablari, bunda faqat erkak emas balki ayollarda ham kamchiliklar borligi, doimiy hayotidan noshukr kayfiyatda yashashi, qaynona va kelin o‘rtasida yuzaga kelayotgan murosasizlik, uchinchi shaxsning aralashuvi bilan oilalarning parokanda bo‘layotgani haqida aytib o‘tildi.

Tadbir so‘ngida ayollarga tazyiq va zo‘ravonlik o‘tkazayotgan shaxslarga ko‘riladigan qonuniy choralar bo‘yicha ma’lumot berildi.

O’zLiDeP Namangan viloyati Kengashi

matbuot ximati

  • Ko'rildi
    209
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+