Namanganlik yosh siyosatchi qizlar o‘zaro bahslashdilar

05.12.2023, 11:59

Namanganlik yosh siyosatchi qizlar o‘zaro bahslashdilar

Namanganda O’zLiDeP  a’zolari soni sakson uch mingdan ortiq bo‘lib, ularning aksariyatini yoshlar tashkil etadi. Bu bejizmas, albatta, chunki partiyaning ko‘plab loyihalari yoshlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirishga, ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishga, iste’dodlarini yuzaga chiqarishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Ayniqsa, qizlarning bilim olishlari, oilada va jamiyatda munosib o‘rin egallashlariga ko‘maklashuvchi loyihalarning amalga oshirilyotganligi o‘zining ijobiy samarasini bermoqda.

Namangan yuridik kollejida "Kelajak uchun bir qadam" shiori ostida o‘tkazilgan "Yosh siyosatchi qizlar" Forumi ham buning yorqin ifodasi bo‘ldi.

Ushbu tadbirda O’zLiDeP Namangan viloyat Kengashi yoshlar hamda ayollar bilan ishlash bo‘limlari mudirlari Dilnoza Xolmatova, Barno Isoqova  va partiya Namangan shahar Kengashi apparat rahbari, deputat Sohiba G’apparovalar ishtirok etib, yoshlarga  O’zLiDeP faoliyati, uning turli loyihalari, xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlar haqida so‘zlab berdilar. Bunda asosiy e’tibor qizlarga oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishda, magistraturada tahsil olishlarida, ishga joylashishlarida yaratilayotgan imtiyozlarga qaratildi. Oliy Majlis qonunchilik palatasiga, mahalliy kengashlarga deputatlikka nomzodlar ko‘rsatishda xotin-qizlarga ajratilayotgan kvotalar miqdori oshirilayotganligi ham ta’kidlab o‘tildi. Tadbirkorlik sohasida katta tajribaga ega bo‘lgan ayollar namuna qilib ko‘rsatildi.

Shundan so‘ng partiya a’zosi bo‘lgan qizlar o‘zlarining siyosiy, huquqiy bilimlarini namoyon etuvchi turli shartlar asosida o‘zaro bahslashdilar. Eng bilimdon, zukko hamda tadbirda faol ishtirok etgan talaba qizlar moddiy va ma’naviy rag‘batlantirildilar va "Yoshlar kanoti" a’zolari safiga qabul qilindilar.

  • Ko'rildi
    143
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+