Tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi birgalikda kurashamiz

05.12.2023, 12:10

Tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi birgalikda kurashamiz

O’zbekiston davlat jaxon tillari universitetida O`zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Ayollar bilan ishlash bo‘limi, IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish bo‘yicha Toshkent shahar markazi hamkorligida “Jamiyatda xotin-qizlarga tazyiq va zo‘ravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratish, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash” mavzusida tadbir o‘tkazildi. 

Tadbirda universitet rahbariyati, o‘qituvchilar va talabalar, deputatlar, partiya faollari ishtirok etishdi.

“O’zbekiston — 2030” strategiyasi va unda xotin-qizlarga berilgan e’tibor to‘g‘risida,  jamiyatda xotin-qizlarga tazyiq va zo‘ravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratish, xotin- qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, og‘ir ahvolga tushib qolgan ayollarga yordam ko‘rsatish,  reabilitatsiya qilishda markazning oldida turgan vazifalar, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida mutasaddi tashkilot rahbarlarining ma’ruzalari tinglandi.

Tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga doir chora-tadbirlar, bunday qilmishlarni sodir etganlik uchun javobgarlik, tazyiq hamda zo‘ravonlikni boshidan o‘tkazgan shaxslarni himoya qilish maqsadiga qaratilgan, tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollarga Himoya orderlarining berilishi tartiblari va kimlarga berilishi to‘g‘risida ham keng tushunchalar berildi.

Tadbir jarayonida mavzuga oid videorolik namoyish etildi. Tadbir savol-javoblarga boy bo‘lib ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

  • Ko'rildi
    106
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+