Mahalladagi xotin-qizlarning bandligini ta’minlash holati o'rganildi

15.12.2023, 10:56

Mahalladagi xotin-qizlarning bandligini ta’minlash holati o'rganildi

O`zLiDeP Toshkent shahar Kengashining “Ayollar qanoti” vakillari, deputatlar, partiya faollaridan tarkib topgan ishchi guruh Bektemir tumanidagi “Yangi yo‘l” MFY faollari bilan uchrashuv tashkil qildi.

Ishchi guruh tomonidan “O’zbekiston – 2030” strategiyasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirish, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, “Ayollar daftari” bilan manzilli ishlashning shaffof mexanizmini yaratish, mazkur ishlar bo‘yicha jamoatchilik nazoratini o‘rnatish masalalari qamrab olindi.

Ta’kidlash joizki, mazkur mahallada “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollar soni 73 nafar bo‘lib, undagi 70 nafar ayolning bandligi ta’minlangan. Shuningdek mahalladagi extiyojmand xotin-qizlar 34 nafarni tashkil etib, ularga doimiy ravishda moddiy yordamlar berib kelinmoqda.

Partiya vakillari tumandagi 62-sonli oilaviy poliklinika faoliyati bilan tanishish maqsadida tibbiyot muassasida shifokorlar hamda bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdilar. Issiqlik ta’minoti o‘rganildi. Fuqarolarga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Tumandagi maktab va MTMlar faoliyati bilan ham tanishilib, u yerda yoshlarni ta’lim olishlari bilan birga yaratilgan imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanish, yoshlarga yaratilayotgan sharoitlarni yanada yaxshilash, ularni qo‘llab-quvvvatlash bo‘yicha taklif va mulohazalar berib o‘tildi. Shuningdek 2023-2024 yillar kuz-qish mavsumini betalofot o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan maxsus shtabning faoliyati bilan ham tanishildi.

Ishchi guruhining keyingi manzili mahallada o‘z oilaviy tadbirkorligini boshlagan xotin-qizlarning ish faoliyati bilan ham tanishildi. Kelgusidagi rejalari va tadbirkorligini kengaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.  

Ishchi guruh tomonidan o‘tkazilgan jamoatchilik nazorati yakuni yuzasidan o‘rganishlar natijasi muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Unda ishchi guruh a’zosi Gavharoy Tuxtasinova so‘z olib, tadbirkorlik, hunarmandchilik bilan o‘z biznesini yo‘lga qo‘yayotgan ayollarga, shuningdek, barcha yoshlarga yaratilayotgan sharoitlarni yanada yaxshilash, ularni qo‘llab-quvvvatlash bo‘yicha taklif va mulohazalarini berib o‘tdi.

Aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

O`zLiDeP Toshkent shahar Kengashi vakillari va deputatlik guruhi a’zolaridan tashkil topgan ishchi guruhlar joylarda bu kabi jamoatchilik nazorat tadbirlarini davom ettirmoqda.

  • Ko'rildi
    105
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+