Agrovoltaika – qishloq xo‘jaligi uchun “yashil” energiya va qulaylik

06.01.2024, 11:59

Agrovoltaika – qishloq xo‘jaligi uchun “yashil” energiya va qulaylik

So‘nggi yillarda dunyo iqlim o‘zgarishi muammolariga va barqaror energiya manbalariga o‘tish zarurligiga ko‘proq e’tibor qaratmoqda. Quyosh energetikasi qayta tiklanadigan energiyaning eng istiqbolli manbalaridan biri hisoblanib, ko‘plab mamlakatlarda muqobil yenergiya manbasi sifatida keng foydalanilmoqda. O’zbekistonda iqlim sharoiti va quyosh energetikasi salohiyatini hisobga olgan holda agrovoltaikani rivojlantirish qishloq xo‘jaligi va ekologik barqarorlikni ta’minlashning muhim istiqbolli imkoniyatlaridan biri hisoblanadi.

Agrovoltaika yoki quyosh fermalari – bu quyosh panellari qishloq xo‘jaligi uchastkalarida yoki ekinlar ustida o‘rnatiladigan, bir vaqtning o‘zida elektr energiyasini ishlab chiqaradigan va ekinlarni noqulay ob-havodan, kuyoshning zararli nurlaridan himoya qiladigan, bug‘lanishni kamaytiradigan va ularning o‘sishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratadigan kombinatsiyalangan tizimdir. Mamlakatimizda agrovoltaikadan foydalanish bir qancha muhim afzalliklarga ega.

Birinchidan, diyorimiz o‘zining quyoshli iqlimi va keng qishloq xo‘jaligi hududlari tufayli salmoqli quyosh energiyasi salohiyatiga ega. Quyosh fermalarini joylashtirish uchun ushbu yerlardan foydalanish elektr energiyasini ishlab chiqarishni oshiradi va ko‘mir va gaz kabi an’anaviy energiya manbalariga qaramini kamaytiradi.

Ikkinchidan, agrovoltaika qishloq xo‘jaligi uchun bir qancha imkoniyatlar beradi. Dalalarga quyosh panellarini o‘rnatish o‘simliklar uchun soya va himoyani ta’minlaydi, bu ayniqsa yuqori harorat va quyosh nurlari ekinlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan issiq hududlarda muhimdir. Bundan tashqari, agrovoltaikadan foydalanish qishloq xo‘jaligida suv sarfini kamaytirishi mumkin, chunki bug‘lanish kamayadi va tuproqdagi namlik saqlanib kolinadi.

Uchinchidan, agrovoltaikani rivojlantirish qishloqlarda yangi ish o‘rinlari yaratish va infratuzilmani rivojlantirishga xizmat qiladi. Quyosh fermalarini o‘rnatish va ularga xizmat ko‘rsatish energetika va qishloq xo‘jaligi mutaxassislari o‘rtasida hamkorlik qilishni talab qiladi va qishloq xo‘jaligining rivojlanishi va iqtisodiy o‘sishga yordam beradi.

Xulosa qilib aytganda agrovoltaikani yurtimizdagi qishloq xo‘jaligi maydonlarida o‘rnatish va foydalanishni keng joriy qilish har jihatdan iqtisodiy taraqqiyotimizga katta ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Shahzod Shuxratbekov

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasi Biznes tuzilmalar

va fermerlar bilan ishlash bo‘limi yetakchi mutaxassisi

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    81
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+