2024 yil uchun belgilangan muhim vazifalar partiya saylovoldi dasturiga hamohang

17.01.2024, 16:34

2024 yil uchun belgilangan muhim vazifalar partiya saylovoldi dasturiga hamohang

Kuni kecha Prezident raisligida 2024 yilda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishi mazmunga juda boy bo‘lib, aholi farovonligini yanada oshirishga qaratildi.

Joriy yilda yalpi ichki mahsulotning 100 milliard dollarga yetkazish vazifasi, “O’zbekiston – 2030” strategiyasidagi YaIMni 2030 yilga qadar 160 milliard dollarga yetkazish maqsadining asosi va natijaviy qadami hisoblanadi.

100 milliard dollarlik marrani yil oxiriga qadar qadar zabt etish uchun tannarxni kamaytirish, qo‘shilgan qiymatni oshirish, ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish lozimligi ta’kidlandi.

Sanoatda yuqori qo‘shilgan qiymat yaratish uchun avvalo zamonaviy texnologik mahsulotlar ishlab chiqarish, texnologiyalarni yangilash, xarajatlarni qisqartirish va sotishni to‘g‘ri tashkil qilish ustuvorlik kasb etadi.

Ushbu masalada mutasaddi rahbarlar, ilmiy tadqiqot muassasalari, olimlar korxonalar va tarmoqlar kesimidash chuqur tahllar o‘tkazishi, muqobil yechimlarni topishi va uni tezkorlik bilan amaliyotga joriy qilishi talab etiladi.

Ilmga asoslangan, tahlilga asosanlangan barqaror o‘sish rejasi albatta, natijador bo‘ladi.

Iqtisodiy rivojlanishning yana bir muhim omillaridan biri davlat mulkini xususiylashtirish hamda tadbirkorlik va shaharsozlik maqsadlari uchun yer uchastkalarini auksion orqali sotishdan iboratdir.

Bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda uzoq vaqt davomida sotilmagan yoki xususiylashtirilmagan davlat ob’ektlarining ko‘pligi, narxlarning yuqorili bilan izohlanib, mazkur ob’ektlarni bozor narxlarida sotish vazifasi qo‘yildi.

Yer uchastkalarini auksionga chiqarish budjetga qo‘shimcha tushum bo‘lishi bilan birga, tadbirkorlik tashabbuslari uchun ham keng imkoniyatdir.

Xususiylashtirish dasturiga kiritilgan 484 ta davlat aktivlari savdoga chiqarish hisobidan yana 200 milliard so‘m va yerlarni tadbirkorlarga auksion orqali sotish hisobiga esa 3 trillion so‘m qo‘shimcha tushum mavjudligi qayd etildi.

Baxtiyor RUXIDDINOV,

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi

biznes tuzilmalar bilan ishlash bo‘limi mudiri

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    107
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+