2023 yilda barqaror iqtisodiy o‘sish ta’minlandi

22.01.2024, 17:04

2023 yilda barqaror iqtisodiy o‘sish ta’minlandi

O’tgan yilda o‘tkazilgan ijtimoiy-siyosiy tadbirlar, belgilangan maqsadlarga erishish uchun vazifalar ijrosi yuzasidan yuqori talabchanlik natijasida 2023 yil uchun belgilangan ko‘rsatkichlar ijrosi ta’minlandi.

Jumladan, 2022 yilga nisbatan yalpi ichki mahsulot 6%, sanoat ishlab chiqarish 6%, qurilish ishlari 6,4%, chakana savdo tovar aylanmasi 9,1%, bozor xizmatlari 13,7%, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi 4,1%, tashqi savdo aylanmasi 23,9%ga o‘sishga erishildi.

O’tgan yil yakunlariga ko‘ra, aholining real umumiy daromadlari 4,6%ga o‘sib, O’zbekistonning doimiy aholisi moni 36,8 million nafarni tashkil etdi.

2023 yil yakunida eksport hajmi 24,4 mlrd.dollarni tashkil qilib, 23,8 foiz o‘sish ta’minlandi.

Tashqi savdo aylanmasining nisbatan salmoqli hissasi Xitoy (21,9%), Rossiya (15,8%), Qozog‘iston (7%), Turkiya (5%) va Koreya Respublikasida (3,7%) qayd etilgan.

Amalga oshirilgan eksportning 3 307,6 mln.AQSh dollari Rossiya, 2 461,8 mln.AQSh dollari Xitoy, 1 372,5 mln.AQSh dollari Qozog‘iston, 1 248,5 mln.AQSh dollari Turkiya hisobiga to‘g‘ri keladi.

Makroiqtisodiy o‘sishning barqarorligi va iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish dasturlarining ijrosi O’zLiDeP saylovoldi dasturlarining ham to‘loqonli bajarilishiga xizmat qiladi.

Baxtiyor Ruhiddinov,

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi

bo‘lim mudiri

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    124
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+