Andijonda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati o‘rganildi

26.01.2024, 16:27

Andijonda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati o‘rganildi

Ayni paytda O'zLiDePdan saylangan Qonunchilik palatasi deputatlari joylarda “O’zbekiston - 2030” strategiyasida belgilangan maqsadlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha tadbirlarda ishtirok etmoqdalar.

Xususan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O’zLiDeP fraksiyasi a’zosi Umidaxon Zokirova “O’zbekiston - 2030” strategiyasining 22 – maqsadida ko‘zda tutilgan professional ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Andijondagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida bo‘ldi.

 Xalq vakili tomonidan "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari hamda mahallalarda kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar uchun zarur bilim va ko‘nikmalar berildi. Shuningdek, deputat ish faoliyati davomida orttirgan tajribalari bilan o‘rtoqlashib, o‘zaro fikr almashdilar.

  • Ko'rildi
    55
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+