Onlayn o‘quv va uchrashuvlar samarasi katta bo‘lmoqda
22.03.2024, 14:40
Ayni paytda Oliy Majlis Senati tomonidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan muntazam ravishda o‘quv seminarlari, uchrashuvlar o‘tkazilib, unda amalga oshirilayotgan ishlar sarhisobi hamda kelgusidagi vazifalar muhokama qilib borilmoqda.
Navbatdagi onlayn uchrashuvda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Dastavval, joriy yilning 2 fevralida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmon ijrosini ta’minlash va unda deputatlarning o‘rni borasida so‘z yuritildi.
Shuningdek, mahalliy Kengashlar tomonidan hududni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar va loyihalar ijrosi ustidan samarali nazoratni amalga oshirish, qolaversa ularning amalga oshirilishida yaqindan ko‘maklashish bo‘yicha ishlab chiqilgan mexanizm asosida ishlarni tashkil etish borasidagi dolzarb vazifalar ham belgilab olindi.
Endilikda deputatlar tomonidan Hukumat qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosi ustidan nazorat o‘rnatilishi hamda amalga oshirilayotgan ishlar har chorak yakuni bo‘yicha tegishli tuman, shahar viloyat Kengashlarining majlislarida tanqidiy muhokama qilinadi. Joylardagi muammolar mahalla yettiligi bilan birgalikda “tuman – viloyat – respublika” darajasida hal etish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Abdulaziz Xujakov,
Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashidagi
O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi
O'xshash yangiliklar
-
Saylovoldi dasturi ijrosi: parlament nazorati va fraksiyalararo raqobat
13.04.2024, 21:48
-
Jizzaxda tomorqalarni ishga solish bo‘yicha 309 ta mahallaga lider tadbirkor – eksportchilar biriktirilishi belgilandi
09.04.2024, 20:28
-
Jizzaxda kechayotgan ulkan o‘zgarishlar Yangi O’zbekistonni qamrab olgan bunyodkorlik jarayoniga munosib hissa bo‘lib qo‘shilmoqda
09.04.2024, 20:26
-
O’zbekiston va Qozog‘iston hamkorligi yangi bosqichga chiqmoqda
09.04.2024, 17:27
-
Yerdan samarali foydalanish - yoshlar bandligi va daromadini oshirishning muhim omilidir
09.04.2024, 17:19
Fikringizni qoldiring