Saylovchilar deputatning hisobotidan qoniqdimi?

02.07.2024, 12:48

Saylovchilar deputatning hisobotidan qoniqdimi?

Deputat mahalla ahlining ishongan tog‘i. O’zi saylagan deputatni ko‘rgan borki, albatta, bir muammoni uning oldiga ko‘ndalang qilib qo‘yadi. Masalan, obodonchilik, infratuzilma bilan bog‘liq masalalarni hal etish, ayniqsa, ichki yo‘llar, ichimlik suvi, elektr energiyasi va gaz ta’minotini yaxshilash, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sportga e’tibor qaratish, yosh oilalarni yer bilan ta’minlash kabilar shular jumlasiga kiradi. Deputat “bu ish mening qo‘limdan kelmaydi”, demaydi. U o‘z vakolatlari doirasida harakat qiladi: sessiyaga so‘rov kiritadi va mutasaddi tashkilotlarga murojaat qiladi, deputatlik so‘rovi bilan chiqadi va oxir-oqibat muammoga yechim topadi.

O’zLiDePdan Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashi deputati Raxima Yuldasheva o‘zi saylangan hudud "Shabboz" mahalla fuqarolar yig‘inida o‘z saylovchilari oldida joriy yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisobot berdi.

Mahallada bir-birini tanimaydigan odam yo‘q. Shu bilan birgalikda kim qanday yashayotgani ham hammaga ma’lum. Jumladan, xalq vakili  ham o‘zi saylangan hududda istiqomat qilayotgan  fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilish orqali kimda qanday muammo borligini, kim qanday yashayotganini hammasini yaxshi biladi. Saylovchilar ishonchini oqlashga harakat qilayotgan deputat joriy yilning 6 oyi davomida saylovchilar tomonidan jami 35 ta murojaat kelib tushgan bo‘lsa, shundan 30 tasi ijobiy hal qilingan, 5 tasi esa deputatlik nazoratga olingan.

Uchrashuvda deputat o‘z saylovchilariga so‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritar ekan, deputatlar xalq vakillari sifatida o‘z saylovchilari oldida hisobdorligi, ularning faoliyatiga asl bahoni saylovchilar berishi va albatta hisobot berayotgan deputat bilan birgalikda uning partiyasi uchun ham birdek ahamiyatli ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Uchrashuv davomida saylovchilarning ham muammolari tinglandi. Muammolar asosan mahalladagi 2 ta ko‘chada vodoprovod quvuri yorilib ketganligi, yo‘l ta’miri masalasi, elektr simlarining eskirganligi, transformatorni o‘rnatish masalasi, gaz bosimining pastligi,      chiqindilar va kreditga oid masalalar.  Tegishli tashkilotlar "Beruniy tumangaz", "Qoraqalpoq hududiy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyatining Beruniy tuman elektr ta’minoti korxonasi, “Qoraqalpoq suv ta’minoti” MChJ Beruniy tumani bo‘limidan tashrif buyurgan xodimlar aholi murojaatlarini tinglab, o‘z fikrlarini bildirdilar va amaliy yordam beradigan bo‘ldilar. Kelib tushgan 8 ta murojaatning 5 tasi shu yerning o‘zida ijobiy yechim topdi. Qolgan 3 ta murojaatga deputat tomonidan deputat so‘rovi chiqarish orqali hal qilinadigan bo‘ldi. Albatta, deputat faoliyatiga haqiqiy bahoni saylovchilar beradi.

 

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    24
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+