“Ishga marhamat” Monomarkazi faoliyati bilan tanishild

02.07.2024, 13:03

“Ishga marhamat” Monomarkazi faoliyati bilan tanishild

Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim bo‘g‘ini kambag‘allikni qisqartirish, uyushmagan yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish va ularning bandligini ta’minlash hisoblanadi. Bu boradagi islohotlarning joylarda borishi hamda yaratib berilayotgan imkoniyatlardan yoshlarimizning qaydarajada foydalanayotgani partiyamiz deputatlari va faollari tomonidan doimiy ravishda jamoatchilik nazorati asosida o‘rganib borilmoqda. 

Xususan, O’zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi tashabbusi bilan Navoiy shahrida joylashgan “Ishga marhamat” Monomarkazida yoshlarning bandligini ta’minlash va ularni muammolarini hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan  davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, partiyaning viloyat Kengashi xodimlari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

Davra suhbatida Monomarkaz bilan hamkorlikda bitiruvchilarini bandligini ta’minlash, tinglovchilar uchun faol ishbilarmon doiralarini jilb etgan holda mahorat darslari, press-turlar tashkil etish, ularning ijtimoiy-siyosiy bilimlarini oshirish kabi masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi, shuningdek, markazda yoshlarga berilayotgan ta’lim jarayoni hamda yaratib berilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishildi.

Davra suhbati yakunida ikki tashkilot o‘rtasida hamkorlikda ishlash maqsadida Memorandum imzolanishi, kelgusidagi samarali faoliyatni yanada jonlantirish uchun yo‘l xaritasi ishlab chiqilishi hamda markazda faoliyat yurituvchi xodimlarning partiyaga a’zo bo‘lish istagini inobatga olib, tashkilotda BPT tuzilishiga kelishib olindi.

 

  • Ko'rildi
    38
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+