Urganchlik yoshlarning taklif va muammolari tinglandi

02.07.2024, 13:10

Urganchlik yoshlarning taklif va muammolari tinglandi

Urganch shahridagi Yoshlar markazida “Vatandoshim” loyihasi doirasida uchrashuv tashkil etildi.

          Bugun yoshlar masalasiga mamlakat siyosatining g‘oyat muhim va asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda. G’amxo‘rlik va e’tibor esa o‘sib kelayotgan yosh avlod maqsad-muddaolarining ro‘yobi  misolida o‘z ifodasini topmoqda. Xalqimizning, jumladan, talaba-yoshlarning taklif-mulohazalari, muammolari va murojaatlari muhokamalar markazida bo‘lmoqda.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar, vatanparvar bo‘lish uchun har bir inson qalbida Vatanga mehr, unga sadoqat tuyg‘usi bo‘lishi kerakligini ta’kidlab o‘tishdi. Shu bilan birga har bir inson, ayniqsa, yoshlar o‘z Vatani bilan haqli ravishda faxrlanishi kerak. Chunki har qanday sohaga nazar tashlasak, haqiqatdan ham ulkan tarixiy muvaffaqiyatlarga erishganimizni ko‘rishimiz mumkin.

Tadbirda shuningdek, yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar, bilim olish, kasb-hunar egallash, istiqbolli loyihalar ustida ishlash, yangilik yaratish yo‘lidagi tashabbuskorlik muhim ekanligi aytib o‘tildi.

         Yoshlar ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi. Qizg‘in bahs va munozaralarga boy davra suhbati so‘nggida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

  • Ko'rildi
    25
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+