O‘zLiDeP faollari Chust tumanidagi “Sherbilak” MFY aholisi bilan yuzma-yuz muloqotda bo‘ldi
12.08.2018, 19:22
Avval xabar berganimizdek, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va Namangan viloyat, tuman Kengashlari xodimlari, mahalliy Kengash deputatlari hamda partiya faollaridan iborat ishchi guruh xonadonma xonadon yurib aholi bilan bevosita muloqotda bo‘lmoqda.
Navbatdagi uchrashuvlardan biri Chust tumanidagi “Sherbilak” MFY aholisi bilan tashkil etildi.
Tumanimizdagi “Sherbilak” va “Laylak uya” MFYda jami 1155 xonadon mavjud bo‘lib, 6033 nafar ahol yashaydi, shundan 3295 nafari xotin-qizlar, 2051 nafar yoshlar tashkil etadi, - deydi mahalla raisi Komiljon Ernazarov. Mahalla ahli mehnatkash, matonatli, jonkuyar xalq hisoblanadi. Hozirada mahalladoshlarimizdan 21 nafari fermer, 8 nafari esa tadbirkor sifatida faoliyat yuritmoqda.
Partiya faollari muloqot davomida aholi vakillariga “Har bir oila - tadbirkor” va “Yoshlar kelajagimiz” davlat Dasturlari mazmun-mohiyatini tushuntirib, unda belgilangan imtiyozlar haqida batafsil ma’lumotlar berdi.
O‘rganishlar davomida bu mahalla ahlining xonadonlarida tomorqalaridan samarali foydalanib kelayotganligi guvohi bo‘ldik. Shuningdek, 17 nafar xonadon egalari tomorqalarida issiqxona tashkil qilish, 12 nafari chorvachilik, 4 nafari esa bog‘dorchilikni rivojlantirish istagi borligini bildiririb, bu borada amaliy ko‘mak so‘rab murojaat qilishdi. Ishchi guruh mazkur masalalar yuzasidan O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi huzurida tashkil etilgan Jamg‘armadan imtiyozli 7 foizlik kredit ajratib berilishida ko‘maklashadigan bo‘ldi.
Partiya faollarining aholi bilan uchrashuvlari davom etmoqda.
Yulduz YULDASHEVA,
O‘zLiDeP Namangan viloyat
Kengashi matbuot kotibi
O‘zLiDePning Facebook hamda Instagram'dagi rasmiy sahifasi va Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
Fikringizni qoldiring
O'xshash yangiliklar
-
Joriy yilda Kattaqo‘rg‘onda 95 nafar fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun 2 mlrd. 369,5 mln so‘mlik kredit ajratildi
25.04.2019, 16:51
-
O’zLiDeP qoraqalpog‘istonlik tadbirkorlarga Prezident ma’ruzasi mohiyatini tushuntirdi
19.12.2018, 16:01
-
Boyovutlik 14 nafar yoshga 1 mlrd. 615 mln so‘m imtiyozli kredit ajratildi
28.11.2018, 17:16
-
“Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish” loyihasini hayotga tatbiq etayotgan O‘zLiDeP faoli 20 ish o‘rni yaratmoqchi
21.11.2018, 15:38
-
Yoshlar – kelajagimiz poydevori
30.10.2018, 10:00
Bildirilgan fikrlar
Акбар Якубов, Жиззах вилояти2018-08-13 09:00:28
Жойларда партия фаоллари тамонидан “Ҳар бир оила - тадбиркор” ва “Yoshlar kelajagimiz” давлат Дастурлари кенг тарғиб қилиниши узининг самарасини бермоқда.