Deputat saylovchilar bilan uchrashdi

29.11.2017, 13:38

Deputat saylovchilar bilan uchrashdi

Mamlakatimizni rivojlantirishning besh ustuvor vazifasi – Harakatlar strategiyasida davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish yo‘nalishida siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish masalasiga alohida urg‘u berilgan.

Davlatimiz rahbari shu yilning 12 iyulida Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida deputatalar xalqimizning og‘irini yengil qilishi, saylovchilar bilan doimiy muloqotda bo‘lishi bugungi kunning muhim vazifasi, deya takidladilar. O‘sha uchrashuv siyosiy partiyalar hamda deputatlarning sergak tortishiga,  o‘z zimmasidagi masuliyatini yanada teranroq anglashiga turtki bo‘ldi.

Videoselektorda belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi, Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi deputati Ergash Saliyev hududlardagi mavjud muammolar bartaraf etish bo‘yicha Forish tumanining “Mustaqillik”, “Qoraobdol ota”, “Norvon” va “Ilonli” mahallalarida istiqomat qilayotgan saylovchilar bilan uchrashdi. Uchrashuvda elektorat manfaatlari bilan bog‘liq muammolar, xususan, tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq masalalar, ichki yo‘llarni ta’mirlash, kasb-hunar kolleji bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash, shu bilan birga hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan taklif va mulohazalar muhokama etildi.

Uchrashuv davomida “Mustaqillik” MFY  Kattasoy  qishlog‘ida  yashovchi    1923 yilda tug‘ilgan, II-jahon urushi qatnashchisi Abil Sharipov, “Qoraobdol ota” MFY  Oytamg‘ali qishlog‘ida yashovchi Jahongir Davurboyev, shu mahallaning Uzunbuloq qishlog‘idagi Javohir Boymurodov va Forish tumani Garasha qishlog‘ida yashovchi mehnat fahriysi Kamolxon Ismoilovlar holidan xabar olinib, ularga changyutgich va oziq-ovqat mahsulotlari sovg‘a qilindi.

O’zLiDeP JIzzax viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

 

  • Ko'rildi
    1845
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+