Namanganlik liderlar har bir Kengash huzurida yosh ixtirochilar klubini tashkil qilish kerakligini ta’kidlamoqda
18.10.2018, 17:41
O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi partiya Pop hamda Chust tumanlari Kengashi huzurida shakllantirilgan hududiy targ‘ibotchilar (liderlar) guruhi a’zolari uchun o‘quv-seminar tashkil etdi.
– Barcha darajadagi partiya Kengashlari huzurlarida yosh ixtirochilar klublarini shakllantirish va ularga amaliy yordam ko‘rsatish kerak, – deydi targ‘ibotchilar guruhi a’zosi Sherzod Jo‘rayev. – Bu nafaqat ilm-fanni, balki “start-up” loyihalarini ham rivojlantirishga xizmat qiladi. Ixtirochilar klubi a’zolari keyinchalik investorlar bilan hamkorlikda yangi-yangi korxonalarga asos solishi mumkin.
O‘quv-seminar ishtirokchilariga “Obod qishloq” va “Obod mahalla”, “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar - kelajagimiz” Davlat dasturlari mazmun-mohiyati va unda belgilangan imtiyozlar to‘g‘risida ham so‘z yuritildi.
A.Rahmanov,
O‘zLiDeP Namangan viloyat
Kengashi STM rahbari
O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegram’dagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!
O'xshash yangiliklar
-
Ona tilim o‘lmaydi
18.10.2023, 17:36
-
Yangi tahrirdagi Konstitutsiya o‘qitilmoqda, o‘rganilmoqda
05.09.2023, 16:36
-
Referendumda O`zLiDePdan ishtirok etadigan kuzatuvchilar uchun o‘quv-seminar o‘tkazilmoqda
18.04.2023, 17:28
-
Deputatlar faoliyatini jonlantirishga qaratilgan amaliy seminar o‘tkazildi
27.01.2023, 18:11
-
O’quv-seminarning navbatdagisi Murojaatnomada xotin-qizlar yo‘nalishidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlandi
27.01.2023, 18:08
Fikringizni qoldiring