Ziyoda Ishmurodova O‘zLiDeP Pastdarg‘om tuman Kengashi raisi bo‘ldi
20.12.2018, 16:22
O‘zLiDeP Samarqand viloyat va Pastdarg‘om tuman Kengashlarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda asosiy e’tibor Prezidentimizning Bosh qomusimiz qabul qilinganining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi “Bilimli avlod – buyuk kelajakning, tadbirkor xalq – farovon hayotning, do‘stona hamkorlik esa taraqqiyotning kafolatidir” nomli ma’ruzadan kelib chiquvchi vazifalarga qaratildi.
Shuningdek, 2018 yil noyabr-dekabr oylarida partiya safiga yangi a’zolarni qabul qilish reja-topshiriqning bajarilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati hamda a’zolik badallarini undirish rejasini bajarish, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatligiga, viloyatdagi rahbarlik lavozimlariga, Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari deputatligiga zaxira kadrlar bazasini shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ijro intizomi masalalari muhokama qilindi.
Majlisda so‘zga chiqqanlar besh yilga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi, qolaversa, “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturi doirasida Samarqand viloyatida ham keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish rejalashtirilganini ta’kidlab o‘tishdi.
Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. Tuman hokimining o‘rinbosari, tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Ziyoda Ishmurodova O‘zLiDeP Pastdarg‘om tuman Kengashi raisi etib saylandi.
Baxtigul QARShIYEVA,
O‘zLiDeP Samarqand viloyat
Kengashi matbuot kotibi
O'xshash yangiliklar
-
Ona tilim o‘lmaydi
18.10.2023, 17:36
-
Yangi tahrirdagi Konstitutsiya o‘qitilmoqda, o‘rganilmoqda
05.09.2023, 16:36
-
Referendumda O`zLiDePdan ishtirok etadigan kuzatuvchilar uchun o‘quv-seminar o‘tkazilmoqda
18.04.2023, 17:28
-
Deputatlar faoliyatini jonlantirishga qaratilgan amaliy seminar o‘tkazildi
27.01.2023, 18:11
-
O’quv-seminarning navbatdagisi Murojaatnomada xotin-qizlar yo‘nalishidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlandi
27.01.2023, 18:08
Fikringizni qoldiring