Andijonda tomorqadan samarali foydalanish holati o‘rganildi

23.05.2021, 11:50

Andijonda tomorqadan samarali foydalanish  holati o‘rganildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari A.Haitov aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, yoshlarga ajratilgan yerlarda ekinlarni parvarishlash borasidagi ishlar holati bilan tanishish maqsadida Andijon viloyatida bo‘ldi.

Spiker o‘rinbosari boshchiligidagi ishchi guruh viloyatning bir qator tumanlarida bo‘lib, tomorqa maydonlaridan unumli foydalanish, fermer va dehqon xo‘jaliklari tomonidan agrotexnik tadbirlarning olib borilishi bilan tanishdi.

O‘rganishlar davomida viloyatda 563,9 ming aholi xonadonlari va dehqon xo‘jaliklaridagi 28 507 gektarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilishi, aholi tomorqalarida 17,6 ming gektar maydonda kuzgi to‘qsonbosti ekinlar ekilgani aniqlandi.

Shuningdek, viloyatda 11 ming 596 gektar maydonga bahorgi ekinlar, jumladan, 6069 gektar turli xil sabzavotlar, 2795 kartoshka, 823 dukkakli va moyli ekinlar, 1237 gektar poliz hamda 672 gektar maydonda boshqa turdagi ekinlar ekilgan.

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Jamg‘arma hisobidan joriy yilda 5,9 mlrd so‘m, may oyida 2 mlrd so‘m imtiyozli kredit resurslari aholi tomorqalariga bahorgi ekinlar, mevali bog‘ va uzum ko‘chatlari ekish, ixcham issiqxonalar barpo etish, “Ayollar”, “Yoshlar” daftariga kiritilgan fuqarolarga ko‘maklashish, Tomorqa xizmati korxonalari faoliyatini kengaytirish uchun ajratilgan.

“Ayollar” daftarida ro‘yxatda turgan 1 ming 993 nafar xonadon egalariga salohiyatli fermerlar va tomorqa xizmati korxonalari biriktirilib, mevali, sabzavot ko‘chatlari ehtiyojmand oilalarga bepul tarqatilgan. Aholiga 84 ta ixcham issiqxonalar qurib berilgan.

Ishchi guruh a’zolari viloyatdagi uchrashuvi doirasida Andijon tumanida “Istiqlol tomorqa xizmati” MChJ tomonidan oborotdan chiqqan maydonlarda bog‘ tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan ham tanishdi.

Ayni vaqtda hududda bog‘ va uzumzor tashkil etish uchun yer ajratib berilgan. Kengash huzuridagi Jamg‘armadan ajratilgan 2 mlrd 16 mln so‘m mablag‘ evaziga suv chiqarilib, bog‘lar tashkil etilgan. Xususan, 105 gektar yer maydonida 60 ming tupdan ortiq olma, gilos, shaftoli, olxo‘ri, o‘rik va uzum ko‘chatlari ekilgan.

Baliqchi tumanidagi “Omonariq” MFYda yashovchi namunali tomorqachi Shavkatbek Toshmirzayev xonadonida tashkil etilgan amaliy seminarda tomorqadan yiliga 4 marotabagacha hosil olayotgan tomorqachining tajribasi o‘rganildi. Tadbirkor 6 sotix tomorqasida mevali va manzarali daraxtlar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirmoqda. 4 sotix maydonda issiqxona tashkil etib, pomidor, bodring va sitrus mevalar parvarishlamoqda.

Kunning ikkinchi yarmida Shahrixon tumanidagi “Sahovat tekistil” MChJ klaster korxonasi tomonidan yoshlarga ajratib berilgan yer maydonlari ko‘zdan kechirildi.

Muloqotlar chog‘ida yoshlarga biriktirilgan tajribali fermer, dehqon xo‘jaliklari rahbarlari bilan suhbatlashib, yoshlarga yerdan samarali foydalanish, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tkazish bo‘yicha zarur tavsiyalar, uslubiy qo‘llanmalar tarqatildi.

Ishchi guruh o‘rganishi davomida aholini urug‘lik, ko‘chat, o‘g‘it bilan ta’minlash masalalariga doir muammolar ham tahlil qilindi.

  • Ko'rildi
    490
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Рахманова Гульнара Арзеновна 2021-05-24 13:55:36

Томарка кушимча даромад манбайи эканлигини хар бир хонодан эгалари англаб етди ва хозирги кунда уз таморкаларидан унимли фойдаланиш учун барча харакатларини ишга солмокда. Бир тамонидан иш билан банд булса бир тамондан ойласига даромад киритади. Партиямиз фаолларининг жойларда таргибот таргибот ишларини мунтазаам равишда олиб борилганлиги куриниб тур.


Fikringizni qoldiring

+