“Sherobod tekstil invest”da yangi BPT ochildi

04.06.2021, 17:37

“Sherobod tekstil invest”da yangi BPT ochildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O’zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov “Sherobod tekstil invest” korxonasiga tashrif buyurib, u yerdagi ishchi-xizmatchilar bilan uchrashdi. Ularga korxonada yaratilgan mehnat sharoiti bilan tanishdi.

— Korxonamizda ishlayotgan xizmatchilar uchun issiq ovqat, avtobus xizmati ham tashkil etilgan, — deydi korxonaning xodimlar bo‘yicha nazoratchisi Farrux Samadov. — Oylik maoshlari ham vaqtida berilishi ta’minlanayapti. Tashrif bahonasida korxonamizda O’zLiDeP Boshlang‘ich partiya tashkiloti ochildi va unga 20 nafar xodim a’zo qilindi. Endilikda partiya bilan hamkorlikda ishchi-xodimlarga tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari uchun imtiyozlardan foydalanish tartiblari haqida tushuncha beriladi va kredit olib, o‘z tomorqasida issiqxona tashkil etib, parrandachilik yo chorvachilik, tikuvchilik bilan shug‘ullanishlari uchun amaliy ko‘mak ham beriladi.

Uchrashuv davomida partiya yetakchisi yangi tuzilgan BPT raisi Farrux Samatovga mazkur boshlang‘ich partiya tashkilotining guvohnomasini topshirdi. Shuningdek, 20 nafar xodimga a’zolik guvohnomalari ham berildi.

O’zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    447
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+