Byudjet mablag‘lari qanday maqsadlarga sarflandi?

26.08.2021, 16:20

Byudjet mablag‘lari qanday maqsadlarga sarflandi?

2020 yil butun dunyo mamlakatlari uchun iqtisodiy o‘sishdan bir qadar ortda qolish yili bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmas. Sababi, COVID-19 pandemiyasi tarqalishi natijasida yuzaga kelgan global iqtisodiy inqirozdan so‘ng ko‘plab mamlakatlarda tiklanish og‘ir kechmoqda.

Masalan, 2021 yilning yanvar-iyun oylarida Qozog‘iston YaIMi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan atigi 2,2 foizga, Rossiyada YaIM 4,6 foizga o‘sgan bo‘lsa, Qirg‘izistonda YaIM 1,7  foizga qisqargan. Mamlakatimizda esa joriy yilning olti oyida yalpi ichki mahsulot hajmi 318,5 trillion so‘mni tashkil etdi.

Shu o‘rinda davlat budjeti daromadlarining ijrosiga nazar solsak. 2021 yilning birinchi yarim yilligida Davlat budjeti daromadlari 74,9 trillion  so‘mni tashkil etib, belgilangan 69,4 trillion so‘m prognoz 107,8 foizga yoki 5,4 trillion so‘mga oshirib bajarildi. Daromadlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 16,7 trillion so‘mga ko‘p bo‘ldi.  

E’tiborlisi, barcha sohalarda davlat budjeti daromadlari karantindan so‘ng mutlaqo tiklandi. Savol tug‘iladi: xo‘sh, bugun mahalliy davlat hokimiyati organlarining mahalliy budjet mablag‘larini boshqarish qay yo‘sinda olib borilmoqda?

Aytish joiz, bu bo‘yicha mustaqillik oshirildi, budjet ijrosini markazga bog‘liqligini keskin kamaytirish jarayonlari chuqurlashtirildi, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari kafolatlangan moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlanib, mahalliy hokimliklarning mahalliy budjetlarni shakllantirishda va mablag‘lardan samarali foydalanishdagi mas’uliyati va javobgarligi oshirildi.

Xususan, mahalliy budjetlar mustaqilligini oshirish bo‘yicha Hukumatimiz tomonidan amalga oshirilgan amaliy chora-tadbirlar natijasida 2021 yilning birinchi yarim yilligida mahalliy budjetlarning daromad ko‘rsatkichi 2 639 millmard so‘m ortig‘i bilan bajarildi.

Bir so‘z bilan aytganda, joriy yilning yanvar-iyun oylari natijalariga ko‘ra, O’zbekiston iqtisodiyoti 6,2 foizga o‘sgan holda, o‘tgan yilgi pandemiyadagi inqirozdan keyin asta-sekin tiklanmoqda va barqaror o‘sishga qaytmoqda.

Javlonbek ERGASHEV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

  • Ko'rildi
    388
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+