Xorazm viloyati

19.10.2018, 17:07
O‘zLiDeP ishchi guruhi ko‘magida Gurlan tumanidagi Do‘stlik mahallasining 7,47 kilometrlik qismi asfalt qilinyapti
O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va hududiy partiya tashkilotlari mas’ul xodimlari, deputatlik korpusi vakillaridan ...
14.10.2018, 11:44
O‘zLiDeP vakillari xivalik eng ilg‘or fermer va terimchilarni rag‘batlantirdi
Qadam aka Qutliyev Xiva tumanida birinchi bo‘lib davlatga paxta topshirish rejasini ortig‘i bilan bajargan “Rahimbergan ...
12.10.2018, 17:00
Dastro'mol — barqaror biznes manbai
Yosh tadbirkor, O‘zLiDeP faoli Sanjar Aminovning ishbilarmonlikning o'ziga xos yo'nalishidagi intilishlari xususida.Joriy yilning 16-21 ...
28.09.2018, 10:42
Partiyadoshimiz chigitdan bitum olish texnologiyasini yaratdi
Yoxud “deputat keldi, yozib oldi, ketdi, vassalom”, degan o‘yda yurganlarni qaytao‘ylashga undaydigan misollardan bir ...
21.09.2018, 17:09
Ishchi guruh hazoraspliklarga yordam berdi
Hazorasp tumanida Respublika ishchi guruhi a’zolari Oliy Majlis Senati Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisi ...
21.09.2018, 17:04
“Pitnak panel”da 45 nafar a’zoni birlashtirgan quyi bo‘g‘in ish boshladi
Hazorasp erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini o‘rganish va loyiha tashabbuskorlariga ko‘maklashish maqsadida O‘zLiDeP Xorazm viloyat ...
20.09.2018, 17:26
Xivalik tadbirkor mahsulotlari boltiqbo‘yi davlatlariga eksport qilinadi
O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi “Ustoz-shogird an’analari – hunarmandchilikni rivojlantirishning muhim asosidir” ...
20.09.2018, 10:12
Din va dunyoviy ilmning yetukligi – inson ma’naviyatining kamolotidir
O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi tomonidan Urganch shahridagi 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan ...
12.09.2018, 17:24
Xorazmlik tadbirkorlar muammosi deputat nazoratiga olindi
O‘zLiDeP faollaridan tuzilgan ishchi guruh Urganch shahridagi “Xorezm anticor invest” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.Uchrashuv ...
11.09.2018, 17:00
O‘zLiDeP Xorazmdagi “KATQALA TEKS” MChJda BPT ochdi
“UZTEX GROUP” kompaniyalar guruhi O‘zbekiston Respublikasida to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi eng yirik ...
Fayzullayev Islam Rustamovich

Fayzullayev Islam Rustamovich

O'zLiDeP Xorazm viloyati Kengash raisi

Xorazm viloyatining  Xiva tumanida tug‘ilgan.

1988 yilda Toshkent Qishloq xo‘jaligi institutini, 1992 yilda O’zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi agrobisnes institutini,  2006 yili O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi - iqtisodchi, tashkilotchi, menedjer-tashkilotchi.

1990-1997 yillarda Xiva tumani agrosanoat uyushmasi iqtisodchisi, bosh iqtisodchisi, bosh hisobchisi, rais o‘rinbosari, 1997-2003 yillarda Xiva tuman qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘ining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari, 2003-2004 yillarda Xorazm viloyat dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi viloyat vakilligi rahbari, 2004-2007 yillarda Xorazm viloyat Qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

2005-2006 yillarda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tinglovchisi bo‘lgan.

2006-2007 yillarda Xorazm viloyat Qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, 2007-2008 yillarda O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishni rivojlantirish iqtisodiy taxlil va prognozlash boshqarmasi boshlig‘i, qishloqda iqtisodiy islohotlar majmuasi rahbari o‘rinbosari, 2008-2011 yillarda Yangiariq tuman hokimi, 2012-2016 yillarda “O’zagrosug‘urta” AJ Xorazm viloyati filiali boshqaruvchisi, 2017-2018 yillarda Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Sifat va sertifikatlash Xorazm viloyati labaratoriyasi bosh mutaxassissi, 2018-2019 yillarda Xorazm baliq sanoat mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari lavozimlarida ishlagan.

2019 yildan hozirgi vaqtgacha Xorazm viloyati davlat o‘rmon xo‘jaligi direktori va O`zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi raisi lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Manzil: Urganch shahri, A.Bahodirxon ko‘chasi, 183-uy. 
Telefon: 0 362 - 228 - 82 - 45

Faks: 0 362 - 228 - 82 - 41 

Elektron pochta: xz@uzlidep.uz