Uy ishchilari huquqi: O‘zLiDeP saylovoldi dasturidagi masala Mehnat kodeksida

27.10.2021, 15:54

Uy ishchilari huquqi: O‘zLiDeP saylovoldi dasturidagi masala Mehnat kodeksida

OLIY MAJLIS QONUNChILIK PALATASINING  NAVBATDAGI YALPI MAJLISIDA IKKINCHI VA UCHINCHI O’QISHDA QABUL QILINGAN “O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MEHNAT KODEKSINI TASDIQLASH TO’G’RISIDA”GI QONUN LOYIHASIGA KO’RA KODEKSDA O‘zLiDePNING 2019 YILGI SAYLOVOLDI DASTURIDA IJTIMOIY SOHANI RIVOJLANTIRISH YO’NALISHIDAGI MASALASI O’Z AKSINI TOPDI. CHUNKI PARTIYAMIZ DASTURIDA “IJTIMOIY BIZNESNI RIVOJLANTIRISH ORQALI XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH TARAFDORIMIZ. XALQARO TAJRIBADAN KELIB CHIQIB ENAGA, HAYDOVCHI, UY ISHCHILARI MEHNATI BORASIDAGI QONUNCHILIKNI RIVOJLANTIRISH TARAFDORIMIZ” DEYILGAN.

Mehnat kodeksining 514–520-  moddalarida esa aynan shu masala huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yildi. 514-modda “Uy ishchilari”, deb nomlandi va ularga shunday ta’rif berildi: “Ish beruvchi bo‘lgan jismoniy shaxsl arga ularning  tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxsiy ehtiyoj larini qanoatlantirish uchun ishlarni bajaruvchi, xizmatlar ko‘rsatuvchi xodimlar (bog‘bon, enaga, qorovul, oqsoch, haydovchi va boshqalar) uy ishchilaridir”. Uy ishchilarini ishga qabul qilishga ular 16 yoshga to‘lganida yo‘l qo‘yilishi, O’zbekiston Resp ublikasi fuqarolari, shuning dek, O’zbekiston Respublikasi hududida istiqomat qilayotgan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar o‘zida fuqarolik muomala layoqati to‘liq hajmda mavjud bo‘lgan taqdirda uy ishchilarini ishga yollash huquqiga egaligi belgilandi. 515-moddada ishga qabul qilinayotgan uy ishchisi bilan nomuayyan muddatga yoki muddatli mehnat shartnomasi tuzilishi mumkinligi, agar taraflar uy ishchisini oziq-ovqat va uy-joy bilan ta’minlash to‘g‘risida kelishuvga erishgan bo‘lsa, bu shart mehnat shartnomasining mazmuniga kiritilishi, ishga qabul qilish buyruq chiqarilmasdan amalga oshirilishi hamda mehnat daftarchalari yuritilmasligi qayd etildi. Shuningdek, uy ishchilarining ish rejimi, dam olish kunlari va yillik mehnat ta’tillarini berish tartibi xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra belgilanadi (516-modda), ish beruvchi bo‘lgan jismoniy shaxs uy ishchisining taraflar tomonidan mehnat shartnomasida belgilangan mehnat shartlarini o‘zgartirish to‘g‘risida xodimni kamida o‘n to‘rt kalendar kun oldin yozma shaklda ogohlantirishi shart (517-modda), uy ishchilari bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish tartibi (518-modda), uy ishchilarining yollanib ishlash bo‘yicha ish davrlari xodimning mehnat stajiga kiritilishi, uy ishchisining mehnat s      tajini hisoblash Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badali to‘langani to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi (519-modda), uy ishchisi va ish beruvchi bo‘lgan jismoniy shaxs o‘rtasidagi o‘zaro kelishuv asosida tartibga solinmagan yakka tartibdagi mehnat nizolari sud tartibida hal etiladi (520-modda). Xullas, endilikda uy ishchilari ham ijtimoiy himoyada bo‘ladi.

ZAFAR XUDOYBERDIYEV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,

 O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi

  • Ko'rildi
    361
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+