2022 yilgi davlat budjetida qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?

18.11.2021, 15:22

2022 yilgi davlat budjetida qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?

Kelgusi yilga mo‘ljallanayotgan davlat budjeti mablag‘larini ham jamiyat manfaati hisobga olinib, xalq hayotini yanada yaxshilash uchun turli sohalarga yo‘naltirish mo‘ljallanyapti. E’tiborlisi, bunda mablag‘lar taqsimlanishi, yo‘naltirilishida ba’zi o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda.    “2022 yil uchun Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasida, xususan, quyidagi yangicha yondashuvlar aks etgan:  

Iqtisodiy o‘sish jarayonida tarmoqlar ichidagi masalalarni tezkorlik bilan amalga oshirish va birinchi darajali budjet mablag‘lari taqsimlovchilarning vakolatini kengaytirish maqsadida ularga mahalliy budjetlardan mablag‘ oluvchi quyi tashkilotlariga o‘zlariga ajratilgan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlarini 10 foizgacha Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan yo‘naltirish huquqi berilmoqda.

Bundan tashqari, mahalliy budjetlar daromadlarini oshirishi maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetiga, viloyatlarning viloyat budjetlariga va Toshkent shahrining shahar budjetiga o‘tkaziladigan tushumlarga qo‘shimcha tarzda tamaki mahsulotlari uchun aksiz solig‘i bo‘yicha tushumlar to‘liq hajmda o‘tkazilishi belgilanmoqda.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar Kengashlariga qo‘shimcha tarzda yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq hamda yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i tushumlarini, shu jumladan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlariga ko‘ra, tumanlar va shaharlar budjetlariga to‘liq hajmda yo‘naltirish vakolati berilmoqda.

Yana bir o‘zgarish shuki, mahalliy davlat hokimiyati organlarining mas’uliyati va manfaatdorligini kuchaytirish va vakolatlarini kengaytirish maqsadida quyidagi xarajatlar mahalliy budjetlarga o‘tkazilmoqda:

- advokatlar tomonidan ko‘rsatilgan yuridik yordam uchun haq to‘lash;

- ko‘p kvartirali uy-joy fondiga tutash hududlarni ta’mirlash xarajatlari va Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tizimiga kiruvchi issiqlik ta’minoti tashkilotlarining issiqlik tarmoqlari va qozonxona uskunalarini kapital ta’mirlash xarajatlari.

Shuning barobarida konsolidatsiyalashgan budjet tarkibiga ilk bora budjetdan tashqari jamg‘armalar ham kiritilmoqda.

Loyihadan mamlakatimizning har tomonlama jadal taraqqiyotiga xizmat qiluvchi boshqa talay o‘zgarishlar ham o‘rin olgan.

Komiljon Ernazarov,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,

O’zLiDeP fraksiyasi a’zosi

  • Ko'rildi
    279
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+