OʻzLiDeP PRESS KLUBI: Inson qadri, amaliy natijadorlik – Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasining bosh maqsadi

13.01.2022, 11:33

OʻzLiDeP PRESS KLUBI: Inson qadri, amaliy natijadorlik – Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasining bosh maqsadi

“OʻzLiDeP PRESS KLUBI”ning navbatdagi sessiyasida
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi, strategiyani 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan “yo‘l xaritasi” bandlari muhokama qilindi.

Press-klubda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Mahalliy Kengashlar deputatlari, vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi yuzasidan bildirilayotgan takliflar muhokama qilinishi bilan birga, unda aks etgan barcha masalalarning mazmun-mohiyati jamoatchilikka keng qamrovli tushuntirildi.

Shu bilan birga, Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”da hududlarda o‘tkazilgan saylovoldi uchrashuvlar davomida bildirilgan barcha g‘oyalarning o‘rin olganligi, har bir masalaning amalga oshirish mexanizmi va moliyaviy manbalari aniq belgilanganligi qayd etildi.

Deputatlar tomonidan hududlarda “Mahallabay” va “Xonadonbay” ishlash tizimini takomillashtirish, ijro organlari faoliyatini natijadorligini ta’minlash yuzasidan o‘zaro integratsiyalash, tezkor vertikal ishlash tizimini yaratish yuzasidan takliflar berildi.

Bundan tashqari, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi sifatli va arzon uy-joy bilan ta’minlash, energetika sohasida natijadorlikka erishish masalalarida ham turli takliflar bildirildi.

Ishtirokchilar tomonidan respublika darajasida ishlab chiqilgan yo‘l xaritani hududiy hokimliklar tomonidan ham ana shunday puxta ishlab chiqqan holda jamoatchilik muhokamalarini o‘tkazish bo‘yicha ham takliflar ilgari surildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni imzolangandan so‘ng vazirlik va idoralar vakillari hamda deputatlar o‘zaro hamkorlikda jamoatchilik nazoratini o‘rnatishga kelishib olindi.

 

  • Ko'rildi
    347
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+