Tomorqachilarga Oilakredit.uz platformasi mohiyati yuzasidan tavsiyalar berildi

21.02.2022, 17:17

Tomorqachilarga Oilakredit.uz platformasi mohiyati yuzasidan tavsiyalar berildi

Yaqinda Koson tumanidagi Quyibog‘ mahallasidagi G’ulomxon Sirojov xonadonida O’zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi hamda O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi tashabbusi bilan Prezidentimizning 2021 yil 15 dekabrdagi “Tomorqadan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori yuzasidan tadbir tashkil etildi.

Unda tumandagi Quyibog‘ MFY hududidagi qishloqlar aholisi vaqillari, fermerlar, dehqon xo‘jaligi rahbarlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. O’zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi bo‘lim boshlig‘i Zokir Allamurodov aholi vakillariga Kengash huzuridagi  Jamg‘arma tomonidan 100 bosh parranda, 5-10 bosh kurka, 20 bosh quyon, 5-6 bosh qo‘y va echki, 5 ta asalari uyasi, intensiv usulda baliq boqishni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ixcham issiqxonalar, “dala do‘konlari” qurish, artezian quduqlarini qazish bo‘yicha imtiyozli kreditlar ajratilayotganini, undan mazkur mahalla vakillari foydalanishlarim mukinligini aytib o‘tdi.

Shuningdek, tadbirda kreditlar onlayn tarzda inson omili aralashmagan holda Oilakredit.uz platformasi orqali berilishini, aholiga daromad keltirishga qaratilgan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun har tomonlama yordamlashish uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratilgani haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
Tomorqa
  • Ko'rildi
    608
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+