Taraqqiyot strategiyasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan muloqot o‘tkazildi

21.02.2022, 17:27

Taraqqiyot strategiyasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan muloqot o‘tkazildi

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi tashabbusi bilan Favqulodda vaziyatlar Samarqand viloyat boshqarmasida tashkil qilingan tadbirda partiyalar faoliyati, ularning davlat va jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati hamda “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalar xususida fikr almashildi.

Tadbirda O’zLiDeP  viloyat Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari, apparat rahbari Ilhom Botirov mamlakatimizdagi siyosiy partiyalar faoliyati hamda 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir davomida strategiyada Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda aholi salomatligi va genofondiga ziyon yetkazadigan ekologik muammolarni bartaraf etish, fuqarolar o‘rtasida qonunga hurmat va itoat qilish hissini shakllantirish, mamlakat harbiy xavfsizligini ta’minlash va mudofaa salohiyatini mustahkamlash masalalari bo‘yicha taqdimotlar, keng muhokama va munozaralar bo‘ldi hamda tegishli taklif va xulosalar bildirildi.

Azim Haqqulov,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

deputati yordamchisi.

  • Ko'rildi
    359
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+