O'zLiDeP fraksiyasining muhim masalaga bag‘ishlangan yig‘ilishi o‘tkazildi

16.05.2022, 10:43

O'zLiDeP fraksiyasining muhim masalaga bag‘ishlangan yig‘ilishi o‘tkazildi

Bugun Qonunchilik palatasida O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasining muhim masalaga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining lavozimga kirishish marosimidagi nutqi va Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan bayram tabrigida konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirish zarurati borasida ilgari surilgan fikrlari, bu borada belgilangan eng ustuvor yo‘nalishlar alohida ta’kidlab o‘tildi.

Amaldagi Konstitutsiya erishgan barcha yutuq va marralarimizning mustahkam huquqiy poydevori va eng asosiy kafolati bo‘lib keldi.

Oxirgi yillarda mamlakatimizda davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etish, jumladan inson huquqlarini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, davlat organlarini haqiqiy xalq xizmatchilari tizimiga aylantirish, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalarining rolini oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshirildi.

Shu bilan birga, Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida ilgari surilayotgan keng ko‘lamli vazifalar, hususan adolatli va xalqparvar davlatni barpo etish, inson huquq va manfaatlari, qadr-qimmatini yanada samarali ta’minlash kabi ulug‘vor maqsadlar ularni amalga oshirishga zarur huquqiy asosni ta’minlovchi Konstitutsiyaviy makonni yanada takomillashtirish extiyojini kun tartibiga ko‘ymoqda.

Shu sababli, bugun Qonunchilik palatasida O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida deputatlar Bosh qomusimiz – Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish jarayonini boshlash taklifi bilan chiqishdi.

Bu borada fraksiya a’zolari Konstitutsiyaning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatiga alohida to‘xtalib, uni bugungi real voqelikka moslashtirish, Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi uchun yanada mustahqam huquqiy poydevor yaratish bo‘yicha o‘zlarining aniq pozitsiyalarini ma’lum qilishdi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, O’zLiDeP fraksiyasi yig‘ilishida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilgari surilayotgan tashabbus Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi yana bir yetakchi fraksiyasi - “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining ham maqsad, vazifalari hamda saylovoldi dasturlari bilan hamohangligidan kelib chiqib, ushbu masalani mazkur fraksiyalarning qo‘shma yig‘ilishida muhokamaga qo‘yilishi tashabbusi ilgari surildi.

  • Ko'rildi
    604
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+