Tadbirkorlarga Prezident Murojaatnomasi mazmun-mohiyati tushuntirildi

23.12.2022, 19:45

Tadbirkorlarga Prezident Murojaatnomasi mazmun-mohiyati tushuntirildi

Shu kunlarda O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan  Prezidentimizning Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyati va unda ilgari surilgan tashabbuslarni xalqimizga yanada kengroq yetkazishga doir targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov Xonqa tumanidagi “Xonqa chorva kapital” MChJda bo‘lib, Murojaatnomada ilgari surilgan ustuvor vazifalar, tashabbuslar xususida to‘xtalib o‘tdi.  

Partiya yetakchisi Murojaatnomada belgilab berilgan barcha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirishda partiyamiz deputatlari va keng jamoatchilikning ishtiroki zarurligini ta’kiladi.

Muloqotda hayotimizning barcha jabhalarida ulkan o‘zgarishlar yuz berayotganini, jumladan, yalpi ichki mahsulot hajmi ilk bor 80 milliard dollardan oshgani, iqtisodiyotimizga shu yilning o‘zida 8 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar kirib kelgani, eksportimiz esa 19 milliard dollarga yetgani, bu yil tariximizda ilk bor pensiya va ijtimoiy nafaqalar miqdori minimal iste’mol xarajatlaridan kam bo‘lmagan darajaga olib chiqilgani to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

- Kelgusi yildan tuman va shaharlar mavjud sharoiti, salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqib 5 ta toifaga ajratiladi. Tadbirkorlar uchun subsidiya, kreditlar va kompensatsiyalar toifalardan kelib chiqib ajratiladi. Ular uchun soliq stavkalari har xil bo‘ladi. Bu esa hududlar iqtisodiyotining baraqaror rivojlanishiga, iqtisodiy potensialni oshirishga, aholining farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi, - deydi partiya rahbari A. Xaitov.

Muloqotdan so‘ng partiya yetakchisi sut va sut mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan mazkur MChJ faoliyati bilan tanishar ekan, bu yerda Italiya texnalogiyasi asosida gidroponika usulida yetishtirilayotgan chorva ozuqalari bilan qiziqdi.

Tadbirga taklif etilgan chorvachilik yo‘nalishidagi fermerlarga shu yo‘nalishda ozuqa bazasini yaratish bo‘yicha tavsiyalar berdi. E’tiborlisi kichkina sexda 1 tonna bug‘doy yoki arpadan 5 tonnagacha undirilgan chorva mollari uchun yashil ozuqa tayyorlanadi. Mazkur ozuqa bilan boqilayotgan zoddor sigirlar sutidan 30 turdagi sut mahsulotlari ishlab chiqariladi.  Mazkur korxona tashkil etilganiga hali ko‘p bo‘lmagan bo‘lsada  o‘zining sifatli mahsulotlari bilan o‘z xaridorlariga ega.

- Korxonamiz asosan sutni qayta ishlab, undan turli xil mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Shuningdek, gidroponika usulida bug‘doyni o‘stirib chorva mollari uchun yuqori proteinli yem hashak tayyorlanadi. 1 mln 600 ming yevro investitsiya kiritib faoliyatimizni boshlaganmiz. 107 ta yangi ish o‘rni yaratganmiz, shundan 67 tasida ayollarimiz bandligi ta’minlangan. Xorijdan zotdor qoramollar olib kelganmiz. Hozirda 370 bosh qoramol va 50 bosh echkilarimiz bor.

Yaqin kelajakda yana bir necha yangi loyihalarni amalga oshirish niyatidamiz. Jumladan, kuniga 100 tonna bug‘doyni qayta ishlab, un mahsulotlari ishlab chiqarish zavodimiz ishga tushish arafasida. Bundan tashqari jahon bozorlarida eng qimmat turadigan  echki sutidan qayta ishlanadigan pishloq ishlab chiqarish sexini ishga tushirayapmiz, - deydi korxona rahbari, tuman Kengashi deputati Shoxrux Qalandarov.

Nasiba Vaisova,

Jamoatchilik bilan aloqalar

va mafkuraviy ishlar bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    327
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+