Deputat "Obod mahalla" dasturi ijrosini tanqidiy o‘rgandi

07.01.2023, 14:51

Deputat

Shu kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari o‘z saylov okruglarida bo‘lib, davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyati va unda ilgari surilgan tashabbuslarni keng jamoatchilikka yetkazish hamda xududlarda amalga oshirilayotgan davlat dasturlar ijrosini o‘rganish maqsadida turli tadbirlar o‘tkazmoqdalar.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Abdulla Ruzmetov Urganch tumanida “Obod mahalla” davlat dasturiga kirgan “Anjirchi” mahallasida bo‘lib, dastur doirasida amalga oshirilgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

Mutasaddilar tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra dastur doirasida 9,3 mlrd. so‘m o‘zlashtirish evaziga “Anjirchi” mahallasida 28 km uzunlikdagi ichimlik suv tarmoqlarini qurish ta’mirlash rejalashtirilgan. Bugungi kunda pudratchi tashkilot “Irdimzon qurilish” xususiy korxonasi tomonidan qurilish ta’mirlash ishlari yakunlanib, xozirda foydalanishga qabul qilingani ko‘rsatilgan ammo, o‘rganishlar jarayonida eski suv quvurlari va suv qudug‘idan suv sizib chiqib isrof bo‘layotgani aniqlandi. Aholi vakillarining ta’kidlashicha mazkur holat yuzasidan bir necha bor tuman suv ta’minoti korxonasiga murojaat qilingan afsuski mutasaddilar masalaga jiddiy ahamiyat qaratmagan. Deputat shu joyning o‘zida korxona direktor o‘rinbosari J.Rajapov bilan bog‘lanib muammoni bartaraf qilish choralarini ko‘rdi. Suv ta’minoti korxonasi tomonidan ta’mirlash uchun maxsus brigadalar yetib kelib ishlarni boshlab yuborishdi.  

“Anjirchi” mahallasida 15,3 km uzunlikdagi ichki yo‘llari ta’mirlangani haqidagi ma’lumotlar ham xalq noyibini qoniqtirmadi. Negaki qog‘ozda ishlar yakunlangan ammo sifatli amalga oshirilmagan. Ayrim piyodalar yo‘lkalari ob-havo sovuq kunlari betonlashtirilgani bois foydalanishga yaroqli deb aytib bo‘lmaydi. Xulosa qiladigan bo‘lsak, budjetdan ajratilgan mablag‘lar vijdonan sarflanmayotganligini isbotini ko‘rish mumkin.

Shuningdek, deputat ushbu mahallada “Obod qishloq” dasturi doirasida qilingan ishlarni ko‘zdan kechirganda ko‘plab muammolarga duch keldi. Ushbu mahallada dastur doirasida qilingan ishlar qog‘ozda o‘z aksini topgan bo‘lib, elektr, tarnsformator o‘rnatish, yo‘llarni sozlash ishlari amalga oshirilmasdan qolib ketgan. Bu esa aholining noroziliklariga sabab bo‘lmoqda.

Xalq noyibi mazkur masalada tuman elektr tarmoqlari korxonasi raxbari O.Maxmudov bilan bog‘lanib, chala qoldirilgan ishlarni yakunlash lozimligini bildirdi. Shundan keyingina korxona ishchilari safarbar etilib ishlar boshlab yuborildi.

Deputat Abdulla Ruzmetov Urganch tumanida 15 dekabrdan faoliyatini boshlagan oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari yarmakasi bilan ham tanishdi.

Keyingi manzil Urganch shahridagi “Navro‘z” mahallasi bo‘ldi. O’tgan yili bu mahalla ham “Obod mahalla” davlat dasturiga kiritilib, mahallani yanada obod qilish ishlari amalga oshirilgan edi. Deputat mahallada bo‘lib, saylovchilar bilan o‘tkazilgan muloqotlarda ularni qiynayotgan muammo va kamchiliklar bilan qiziqdi. Ma’lum bo‘lishicha dastur doirasida chiqindixona qurish ko‘zda tutilmagan. Chiqindi tashishga mo‘ljallangan maxsus transportlar ham o‘z vaqtida chiqindilarni olib ketmasligi aholining e’tiroziga sabab bo‘lmoqda.

“Obod mahalla” davlat dasturi doirasida mahallada barcha ishlar to‘liq yakuniga yetgan deya hisobot berilganiga qaramay o‘rganishlar 27 ta yangi tungi yoritish ustinlari o‘rnatilmaganligi ma’lum bo‘ldi. Bu yakunlanmagan ishlar tegishli mutasaddilar bilan muhokama qilinib, natijada tungi yoritish ustunlari tez orada o‘rnatiladigan bo‘ldi.  

Mazkur mahalla binosi joylashgan ko‘p qavatli uy yonida bo‘sh yer maydoni mavjud. Mahalla raisi deputatdan bo‘sh turgan yerni mahalla binosi qurish uchun ajratilishida ko‘mak so‘radi. Deputat mazkur masalani ham o‘z nazoratiga oldi. 

Qudrat Bekmetov,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

deputati yordamchisi

  • Ko'rildi
    393
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+