Davlat aholiga eng zarur va muhim bo‘lgan bir qator tibbiy xizmatlarni bepul ko‘rsatish majburiyatini o‘z zimmasiga olmoqda
24.03.2023, 16:14

O'zLiDeP Do‘stlik tuman Kengashi tomonidan tumandagi Abu Ali Ibn Sino nomidagi tibbiyot texnikumi talabalari ishtirokida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining mazmun-mohiyati targ‘ibotiga bag‘ishlangan “Yangi O’zbekiston – ijtimoiy davlat!” deb nomlangan tadbir tashkil etildi.
Tadbirda ta’kidlanganidek, Yangilanayotgan Qomus loyihasining 1-moddasiga binoan O’zbekiston – suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat ekani qat’iy belgilab qo‘yilmoqda.
Ijtimoiy davlat, bu – har bir fuqaro, ayniqsa, mehr va e’tiborga muhtoj va ehtiyojmand shaxslar haqida g‘amxo‘rlik qiladigan, hech bir inson o‘z muammosi bilan yolg‘iz qoldirilmaydigan davlat hisoblanadi.
Bosh Qomusimizda kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash, ishsizlikdan himoya qilish bo‘yicha davlat o‘ziga qator majburiyatlar olmoqda.
Xususan, Konstitutsiya loyihasida ijtimoiy sohadagi davlatning majburiyatlari bilan bog‘liq normalar qariyb 3 barobar ko‘paymoqda.
Shu bilan birga, aholining bepul va zarur tibbiy xizmatlarning kafolatlangan hajmidan foydalanishi ham loyihaga kiritildi. Ya’ni, davlat aholiga eng zarur va muhim bo‘lgan bir qator tibbiy xizmatlarni bepul ko‘rsatish majburiyatini o‘z zimmasiga olmoqda.
2023 yilda “Kafolatlangan xizmatlar paketi” qayta ko‘rib chiqilib, 20 turdagi kasalliklar bo‘yicha diagnostika, davolash va profilaktika xizmatlari hajmi to‘liq qamrab olinadi. Shu jumladan, ko‘p uchraydigan 20 turdagi kasalliklar bo‘yicha birlamchi bo‘g‘indagi bepul analiz turlari – 15 tadan 25 tagacha, tekshiruvlar – 10 tadan 20 tagacha, dorilar – 64 tadan 90 taga oshiriladi.
Umuman, loyihada aholi sihat-salomatligini asrash bilan bog‘liq normalar 4 barobar oshmoqda.
Tadbir davomida bo‘lajak tibbiyot xodimlari tomonidan berilgan Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga doir barcha savollarga atroflicha javob qaytarildi hamda partiya faollari tomonidan barcha talaba yoshlar joriy yil 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishga chorlandi.
Nafisa Ismatova,
O'zLiDeP Do‘stlik tuman Kengashi
apparat rahbari
O'xshash yangiliklar
-
Yangi Konstitutsiyadagi talay normalar asosiy elektoratimiz manfaatlarini ifodalamoqda
03.05.2023, 18:29
-
“Referendumda faol ishtirok etamiz” deyishmoqda zarafshonlik yoshlar
28.04.2023, 15:09
-
Yangilanayotgan bosh qomusimizda ishbilarmonlik muhiti yanada yaxshilanmoqda
28.04.2023, 15:07
-
Ertangi kuningizga befarq bo‘lmang, referendumda faol ishtirok eting
28.04.2023, 11:45
-
“King garment textile” korxonasi rahbari Gulrux Xudoyberdiyeva: “Imkoniyatlardan unumli foydalanyapmiz”
28.04.2023, 11:38
Fikringizni qoldiring