Birgalikda ochiq jamiyat sari

03.04.2023, 16:29

Birgalikda ochiq jamiyat sari

O‘zLiDeP Shayxontohur tuman kengashi 82-maktabda tashkil etgan tadbirining asosiy shiori shunday bo‘ldi.

Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Sanjar Xamidullayev, Nodir Jumayev, kengashi raisi Odiljon Ashirov, deputat Shohida Ikramova va maktab jamoasi ishtirok etdi.

So‘zga chiqqanlar ta’kidlashganidek, Asosiy qonunda fuqarolarning bepul boshlang‘ich kasb-hunarga o‘qitilishi ham belgilanmoqda. Nogironligi bor bolajonlarimizga o‘z tengdoshlari bilan bir xil ta’lim olishi uchun barcha sharoitlarni yaratish ko‘zda tutilyapti. Shuning uchun, bunday imkoniyatlar inklyuziv ta’lim sifatida Konstitutsiyaga kiritilmoqda. Bu shunday nuqsonlarga ega bolalarimizning yakkalanib qolmasligi, jamiyatning to‘laqonli a’zosi sifatida shakllanishi va kamol topishi uchun muhim kafolatdir.

Konstitutsiyada davlatning o‘qituvchilar sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish majburiyati kuchaytirilmoqda.

Bu qoidalar mamlakatimizdagi 685 ming nafardan ortiq o‘qituvchilarning professional o‘sishi hamda ijtimoiy va moddiy qo‘llab-quvvatlanishi ularning jamiyatdagi ijtimoiy maqomi, obro‘sini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Muloqot so‘nggida notiqlar barchani xalqimiz taqdiri va ertangi kunini belgilab beradigan tarixiy qonunga befarq bo‘lmasdan, 30 aprelda bo‘lib o‘tadigan  refrendumda faol ishtirok etishga chaqirib qolishdi.

Teglar
Referendum
  • Ko'rildi
    210
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+