Yangi O’zbekiston - ijtimoiy davlat

03.04.2023, 16:39

Yangi O’zbekiston - ijtimoiy davlat

O’zLiDeP O’rta Chirchiq tuman Kengashi tomonidan tumandagi 36-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi tashviqotiga bag‘ishlangan “Farovon hayot uchun ijtimoiy davlat kerak!”  shiori ostida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda so‘zga chiqqan partiya viloyat Kengashi raisi To‘lqinjon Fayziyev yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning Yangi O’zbekiston uchun ahamiyati, unga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgarishlar xalqimizning turmush tarzini yanada yaxshilash, inson qadrini yuksaltirishga xizmat qilishi haqida fikr yuritdi.

Yangi Qomusimiz ilgari amal qilib kelgan “davlat – jamiyat – inson” tamoyilini “inson – jamiyat – davlat” deb o‘zgartirish, ya’ni eng avvalo inson manfaatini har narsadan ustun qo‘yishni maqsad qilganini e’tirof etdi.

“Yangi O’zbekiston – ijtimoiy davlat” tamoyilining bo‘lajak referendumda konstitutsiyaviy norma sifatida mustahkamlanishi mamlakatimiz uchun eng muhim siyosiy voqea bo‘lishini ta’kidladi. 

Tadbirda so‘z olgan partiya tuman Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari – apparat rahbari Karomat Rasulova ham mavzu doirasidagi o‘z mulohazalarini o‘rtoqlasharkan, yangilayotgan Konstitutsiyamizda ijtimoiy davlat tamoyiliga oid normalarni yanada mustahkamlanishi, xususan, sifatli ta’lim va tibbiy xizmat, fuqarolarimizning ijtimoiy ehtiyojmand qatlamini qo‘llab-quvvatlash, munosib mehnat sharoiti va adolatli ish haqi tizimini yaratish, ishsizlikdan himoyalanish, uy-joyga ega bo‘lishga qaratilgan qoidalarni yanada takomillashtirilishi bilan bog‘liq ekanini qayd etdi.

Tadbirda pedagog-psixologlar ham so‘zga chiqib, mamlakatimiz tarixida birinchi marta O’zbekistonning ijtimoiy davlat ekanligi Konstitutsiya darajasida mustahkamlanayotganini ta’kidlashdi.

Yangilanayotgan Konstitutsiyamiz inson, uning hayoti, erkinligi, qadr-qimmati, daxlsiz huquqlari va manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilishi bilan muhim ahamiyat kasb etishi haqida so‘zlab, barchani referendumda faol ishtirok etishga chorlashdi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi bo‘lim mudiri

Teglar
Referendum
  • Ko'rildi
    348
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+