Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati tushuntirildi

07.04.2023, 16:42

Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati tushuntirildi

O`zLiDeP Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashi hamda O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi  hamkorlikda “Konstitutsiyaviy islohot – bugunning talabi, ertaning kafolati!” shiori ostida “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda O`zLiDeP Toshkent shahar Kengashi raisi, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Ravshan Fazilov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi, O’zLiDeP fraksiyasi a’zosi Erkin Zaxidov, O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘limi boshlig‘i Adham Nurullayev, Qurolli Kuchlari Akademiyasi  kursantlari, partiya faollari ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar ta’kidlaganidek, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bilan amaldagi Konstitutsiyamizning moddalari 128 tadan 155 taga, uning normalari esa 275 tadan 434 taga ko‘paymoqda. Ya’ni Konstitutsiyamiz qariyb 65 foizga yangilanmoqda. Amaldagi 128 ta moddadan 91 tasiga konseptual o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Bugun barcha sa’y-harakatlar, muxtasar aytganda, inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan ekan, Bosh qomusimizga kiritiladigan barcha o‘zgartishlarning negizida ham O’zbekistonda kechayotgan islohotlar mohiyatini belgilovchi “Inson qadri uchun” ulug‘vor g‘oyasi yotganligini alohida ta’kidlab o‘tildi. Konstitutsiyaviy o‘zgarishlarning asl mohiyati ham shu aslida. Chunki xalqimiz hozirgi tarixiy islohotlarning mazmun-mohiyatini to‘la anglab yetmoqda. Xalq  fikrini o‘rganish asosida mamlakat konstitutsiyasini takomillashtirish  yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi sifat darajasiga ko‘tarish, xalqimizning turmush farovonligini yanada oshirish, O’zbekistonning dunyodagi eng ilg‘or davlatlari qatoriga kirishiga ulkan imkoniyatlar yaratadi.

Konstitutsiyada yoshlar masalasi alohida bob darajasiga olib chiqilishi Yangi O’zbekistonda yoshlar siyosati ustuvor ekanligiga yaqqol ishoradir. Uchrashuv jarayonida deputatlar to‘liq va batafsil ma’lumotlar berib o‘tdilar. Uchrashuv so‘ngida deputatlar barchani xalqimiz taqdiri va ertangi kunini belgilab beradigan tarixiy Qonunga befarq bo‘lmasdan, 30 aprelda bo‘lib o‘tadigan refrendumda faol ishtirok etishga chaqirib qolishdi.

Teglar
Referendum
  • Ko'rildi
    183
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+