Farzandlarni barkamol voyaga yetkazishda ota-onalarning majburiyati yanada mustahkamlanmoqda

11.04.2023, 13:14

Farzandlarni barkamol voyaga yetkazishda ota-onalarning majburiyati yanada mustahkamlanmoqda

Bugun butun yurtimiz bo‘ylab “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki. Konstitutsiya o‘zimizniki!” shiori ostida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

“Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universitetida  Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyatini targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbirda Xalq deputatlari Samarqand shahridagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand shahar bo‘linmasi rahbari Nigora Sadinova, universitet professor va o‘qituvchilari, talaba yoshlar va partiya faollari  ishtirok etdi. 

Tadbirda so‘zga chiqqanlar, yangilanayotgan Konstitutsiyaning muhim jihatlari, mamlakatimiz hayotida tutgan o‘rni, unga kiritilayotgan yangi qo‘shimchalar va o‘zgarishlar xalqimizning turmush tarzini yanada farovonlashiga, inson qadrini bundanda yuksalishiga xizmat qilishini alohida ta’kidlab o‘tdilar.

- Yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasida endi farzandlar tarbiyasi bilan bir qatorda, ularga ta’lim berish, barkamol voyaga yetkazish ham ota - onalarning majburiyati ekani mustahkamlanmoqda, - deydi “Ipak yo‘li”  xalqaro turizm va madaniy meros universiteti prorektori, partiya faoli J. Eltazarov. - Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to‘laqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish esa davlatning asosiy burchi sifatida belgilanmoqda.

Fazliddin G’aybullayev,

O’zLiDeP Samarqand shahar Kengashi raisining

birinchi o‘rinbosari – apparat rahbari

Teglar
Referendum
  • Ko'rildi
    292
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+