Yangilanayotgan Konstitutsiya: inson huquq va erkinliklari kafolati yanada kuchaytiriladi

13.04.2023, 15:42

Yangilanayotgan Konstitutsiya: inson huquq va erkinliklari kafolati yanada kuchaytiriladi

O‘zLiDeP Mirzo Ulug‘bek tuman kengashi va “O’zkabel” aksiyadorlik jamiyati qo‘shma korxonasining o‘zaro hamkorlikdagi tadbiri bo‘lib o‘tdi.

“Konstitutsiyaviy islohot – bugunning talabi, ertaning kafolati!” shiori ostida konstitutsiyaviy qonuni loyihasining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan mazkur davra suhbatida  Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Erkin Zohidov, partiya Toshkent shahar kngashi raisi, deputat Ravshan Fozilov, korxona direktori Farrux Umarov hamda ishchi-xodimlar ishtirok etdi.

– Konstitutsiyada inson huquq va erkinliklari kafolati yanada kuchaytirilmoqda, – dedi Ravshan Fozilov. – Qulay mehnat sharoitida ishlash, adolatli xaq olish, davlat hisobidan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmiga ega bo‘lish, shaharsozlik, budjet sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish kabi xuquqlarning kiritilishi fuqarolarning iqtisodiy va ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytiradi.

“Inson qadri uchun” tamoyili Konstitutsiyada, qonunlarimizda va davlat idoralari faoliyatining bosh mezon bo‘lishi shart. Shu bois, loyihasida insonning sha’ni va qadr-qimmati daxlsizdir hamda hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo‘lishi mumkin emasligi belgilanmoqda.

Uchrashuv so‘ngida deputatlar barchani xalqimiz taqdiri va ertangi kunini belgilab beradigan tarixiy qonunga befarq bo‘lmasdan, 30 aprelda bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirib qolishdi.

Teglar
Referendum
  • Ko'rildi
    322
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+