Buxorolik yoshlar referendumda faol ishtirok etadi

14.04.2023, 14:47

Buxorolik yoshlar referendumda faol ishtirok etadi

Mamlakatimiz Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalarni yoshlarga yetkazish maqsadida Buxoro Davlat universitetida event tadbir o‘tkazildi.

Event-tadbirni universitet rektori, O‘zLiDeP viloyat Kengashi raisi Obidjon Xamidov kirish so‘zi bilan ochib,  yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati hamda ahamiyati haqida yig‘ilganlarga keng tushuntirishlar berdi. Shu bilan bir qatorda mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida keyingi paytda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, konstitutsiyaviy qonun loyihasiga kiritilayotgan qo‘shimcha va yangi normalar kelgusida yosh avlod kamoloti va  huquqiy himoyasida muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi.

- Konstitutsiyaviy qonun loyihasining 51-moddasida “Fuqarolar davlat ta’lim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy ma’lumot olishga haqli” degan norma mustahkamlanayotgani kelajakda Yangi O’zbekistonning gullab-yashnashiga munosib hissa qo‘sha oladigan, yetuk, o‘z sohasining bilimdoni bo‘lgan mutaxassislarni kamol toptirishga xizmat qiladi, – dedi universitet rektori O.Xamidov.

Darhaqiqat, Yangilanayotgan Bosh Qomusimizda milliy iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish,mamlakatda investitsiyaviy muhitni yaxshilash hamda mulk himoyasini yanada kuchaytirishga qaratilgan normalar kiritilmoqda. Jumladan, nafaqat bank omonatlari, balki bank operatsiyalari va hisob varaqlarning ham sir tutilishi kafolatlanmoqda. Soliq va yig‘imlar adolatli bo‘lishi va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishiga to‘sqinlik qilmasligi o‘rnatilmoqda, - dedi o‘z so‘zida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Emma Aslanova.

Shuningdek, targ‘ibot tadbirida partiya viloyat Kengashi raisining ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari D.Axmedova, Buxoro tumanidagi  «Madaniyat Muhammad Ismat» fermer xo‘jaligi rahbari, O’zbekiston Qahramoni Muhammad Ahmedov, universitet professor-o‘qituvchilari ham so‘z olib, Vatanimiz kelajagi hozirgi yoshlar qo‘lida ekanligi, shu bois ularning huquq va manfaatlari kundalik turmushning kelgusidagi orzu-umidlari ushalishi davlat himoyasida ekanligini ta’kidladilar. 

Tadbir davomida partiya faollari tomonidan ishtirokchilarga bo‘lajak referendumga oid bir qator bukletlar, ko‘plab flayerlar tarqatildi.

- Biz-yoshlar xalqimiz taqdiri va ertangi kunini belgilab beradigan tarixiy qonunga befarq qaramasdan, 30 aprelda bo‘lib o‘tadigan referendumda yangilanayotgan Konstitutsiya uchun ovoz beramiz, - deydi universitet talabasi Behruz Shukurov.

Teglar
Referendum
  • Ko'rildi
    248
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+