Qo‘shko‘pirliklar referendumda faol ishtirok etadi

14.04.2023, 18:15

Qo‘shko‘pirliklar referendumda faol ishtirok etadi

Qo‘shko‘pir tumani Hayravot mahallasida “Insonga farovonlik, jamiyatga erkinlik, davlatga mas’uliyat!” shiori ostida tashviqot tadbiri tashkil etildi.

Mahalla faollari, ayollar va yoshlar huzurida so‘zga chiqqan O‘zLiDeP Xoazm viloyat kengashi bo‘lim mudiri Sh. Atajanov davlat va jamiyat hayotidagi muhim siyosiy voqea – referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish hamda Konstitutsiyaga kiritilgan bir qator qo‘shimcha va o‘zgartishlar borasida o‘z fikr-mulohazalarini bayon etdi.

Yurtimizning barcha mintaqalarida bo‘lganidek, qo‘shko‘pirliklarning ham erkimiz va ertamiz kafolati hisoblangan konstitutsiyaviy qonun loyihasi uchun yakdillik bilan ovoz berishlariga ishonch bildirdi.

Notiq aytganidek, Asosiy qonunimizdan o‘rin olayotgan normalar mamlakatimiz va xalqimiz farovonligi uchun ulkan ahamiyatga ega. Jamiyatimizni liberallashtirish, demokratlashtirish tarafdori bo‘lgan O‘zLiDeP hozirgi jarayonlarda “Biz ochiqlik va oshkoralikni tanlaymiz!”, “Birgalikda ochiq jamiyat sari!” kabi shiorlar bilan yanada faollashmoqda. Siyosiy kuchning g‘oyat faolligi nafaqat konstitutsiyaviy islohotlarning tashabbuskorlaridan biri ekanligi bilan, balki asosiy qonun takomillashtirilishi asosida turuvchi g‘oyalar partiya dasturiy qarashlariga hamohangligida hamdir.

Hujjatda kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash, ishsizlikdan himoya qilish bo‘yicha davlat o‘ziga qator yangi majburiyatlarni olmoqda. Umuman davlatning ijtimoiy majburiyatlariga doir normalar uch barobarga oshmoqda. Ilk marotaba davlat zimmasiga aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarining hayot sifatini oshirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat va davlat hayotida to‘laqonli ishtirok etishi va o‘z huquqlarini amalga oshirishi uchun shart-sharoitlar yaratish choralarini ko‘rish majburiyati yuklanmoqda.

Tadbir konsert dasturiga ulandi, estrada xonandalarning kuy-qo‘shiqlari tomshabinlarga zavq ulashdi.

Teglar
Referendum
  • Ko'rildi
    172
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+