Konstitutsiyada yoshlar masalalari alohida bob bo‘lib kiritilmoqda

19.04.2023, 14:58

Konstitutsiyada yoshlar masalalari alohida bob bo‘lib kiritilmoqda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani markazida “O’zbekiston – yoshlar mamlakati” shiori ostida  yoshlar  sayli tashkil qilindi. 

So‘zga chiqqanlar  yangilanayotgan bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartish  va qo‘shimchalarga to‘xtalar ekan, bu sa’y-harakatlarning barchasi eng avvalo  inson qadri uchun ekanligini hayotiy misollar bilan tushuntirishdi.

O’zbekiston – yoshlar mamlakati,  30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar soni 18 milliondan ziyod. Konstitutsiyada yoshlar masalalari bo‘yicha alohida bob kiritilayotgani ham bejiz emas.

Qayd etish zarurki, yurtimizda yoshlarga oid davlat siyosati borasidagi tizimli ishlarni amalga oshirish uchun bir qancha normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan bo‘lib, ularni umumlashtiruvchi konstitutsiyaviy normaga ehtiyoj sezilayotgan edi.

Konstitutsiyaviy qonun loyihasini shakllantirish jarayonida ham yoshlar vakillari yuqori darajadagi faollik ko‘rsatishdi. Buning yorqin ifodasi sifatida aholidan kelib tushgan 220 mingdan ziyod takliflardan 64 foizi mazkur qatlamga tegishli bo‘lganini ko‘rsatish mumkin.

Yangilanayotgan Konstitutsiyada birinchidan,  davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini ta’minlaydi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag‘batlantiradi, degan norma mustahkamlanmoqda. Biz demokratik, huquqiy davlat qurishga intilar ekanmiz, bunga kelajagimiz bo‘lgan yosh avlodning huquqlarini himoya qilmasdan turib, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirokini ta’minlamasdan turib, hech qachon erisha olmaymiz.

Ikkinchidan, davlat yoshlarning ma’naviy, intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning ta’lim olish, sog‘lig‘ini saqlash, uy-joy, ishga joylashish, bandlik va dam olishga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoit yaratadi, degan me’yor kiritilmoqda. Yoshlarimizning har tomonlama rivojlanishi uchun ularga tegishli imkoniyatlar, ya’ni sog‘lom va uy-joyli bo‘lish, ta’lim olish, ishga joylashish, band bo‘lish va dam olish imkoniyatlarini yaratish zarurdir. Davlat bu borada tegishli shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha majburiyat olmoqda, chunki mazkur normalar, nafaqat yoshlarimiz manfaati, balki butun jamiyatimiz va mamlakatimizning  farovon taqdiri uchun muhimdir.

Tadbir  davomida spikerlar barcha yoshlarni mamlakatimizda joriy yilning 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan siyosiy jarayonda faol bo‘lish va qo‘llab-quvvatlashga chaqirishdi.  Sayl qoraqalpoq xalqining el sevgan xonandalarining kuy-qo‘shiqlari bilan davom etdi.

OzLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

 kengashi matbuot xizmati

Teglar
Referendum
  • Ko'rildi
    219
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+