Ishonchli vakil nurafshonlik saylovchilar bilan uchrashdi

06.07.2023, 12:11

Ishonchli vakil nurafshonlik saylovchilar bilan uchrashdi

O’zLiDePdan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning ishonchli vakili Sayyora Fayziyeva saylovoldi tashviqot ishlarini Toshkent viloyatining markazi – Nurafshon shahrida o‘z poyoniga yetkazdi.

Saylovoldi tashviqoti Nurafshon shahridagi "SANOAT QURILISH BANK" ATB Toshkent viloyat bo‘limi katta anjumanlar zalida faollar, mahalliy Kengashdagi partiya deputatlari, nuroniylar, faxriylar, aholi vakillari hamda yoshlar bilan o‘tkazildi.

Ishonchli vakil Sayyora Fayziyeva Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘zining ma’muriy markaziga ega bo‘lmagan viloyatda Nurafshon shahri deb nom olgan eng zamonaviy shaharlardan biri barpo etilayotganini etirof etdi.

Ishonchli vakil nomzodning xalqchil saylovoldi dasturi mazmun-mohiyatini bandma-band targ‘ib qildi.

Dastur doirasida kelgusi yetti yillik uchun ishlab chiqilgan ustuvor yo‘nalish va vazifalarni real hayotiy dalillar keltirish bilan atroflicha yoritib berdi.

Xususan, har bir oila o‘z uy-joyiga ega bo‘lishi uchun zarur
sharoitlarning yaratilishi borasida kelgusi yetti yilda 15 milliard dollar hajmidagi mablag‘ni yo‘naltirish hisobiga qo‘shimcha 1 million xonadonli uy-joylar qurilishi nomzodning o‘z oldiga qo‘ygan asosiy vazifalaridan biri ekaniga alohida e’tibor qaratdi.

Shuningdek, bunda qurilish-pudrat tashkilotlari hamda aholiga arzon va uzoq muddatli kreditlar taqdim etish tartibi ishlab chiqilishini ma’lum qildi.

Bularning bari aholi farovonligini ta’minlash bo‘yicha davlat o‘z majburiyatlarini bajarishi uchun mazkur yo‘nalishdagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqilishidan darak berishini ta’kidladi.

Uchrashuvda so‘zga chiqqan Nurafshon shahri nuroniylari vakili, faxriy Solijon Tojiyev nuroniylarga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rliklardan mamnunligini bildirdi. Nuroniylarga, qariyalarga so‘nggi olti yilda amalga oshirilganchalik e’tibor va e’zoz ko‘rsatilmaganini ta’kidladi. Mamlakatda keksa avlod vakillarini e’zozlab, ularga ehtirom ko‘rsatgan hurmatga sazovor nomzod Shavkat Mirziyoyevga ovoz berish istagida ekanini bildirdi.

Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashidagi partiya deputati Po‘lat Usmonov Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ko‘hna Novkat bugun Nurafshon bo‘lib, yangi zamonaviy viloyat markaziga aylanayotgani uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Barcha nurafshonliklarni islohotchi, tashabbuskor rahbar Shavkat Mirziyoyevga ovoz berishga da’vat etdi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi bo‘lim mudiri

Teglar
Saylov 2023
  • Ko'rildi
    1472
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+