Yoshlarimiz uchun tub burilish va ulkan o‘zgarishlar davri

18.07.2023, 11:01

Yoshlarimiz uchun tub burilish va ulkan o‘zgarishlar davri

Kuni kecha O’zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti o‘z lavozimiga kirishishiga bag‘ishlangan tantanali marosimda parlament oldida turgan vazifalar va mamlakatimizni ijtimoiy–iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan nutq so‘zladi.

Prezidentimiz belgilangan islohotlarni Yangi O’zbekistonning kelgusidagi taraqqiyotini bilimli, zamonaviy fikrlaydigan yoshlarsiz tasavvur etolmasligini, kelgusida yurtimiz va chet eldagi nufuzli oliygohlarda o‘qigan, yirik kompaniyalarda ishlagan salohiyatli yoshlar timsolida avvalo ertangi kunimizning yangi rahbarlarini, hudud, tarmoq va sohalarning mohir boshqaruvchilarini ko‘rishini alohida qayd etdi.

Darhaqiqat, yurtimizda keyingi 5-6 yilda biz yoshlarga yaratib berilgan shart–sharoit va imkoniyatlar barcha yoshlarimizni Vatan ravnaqi yo‘lida yanada g‘ayrat–shijoat bilan ishlashimizga, o‘z orzu-umidlarimizni ruyobga chiqarishga undamoqda.

Davlat rahbari yoshlarga murojaat qilib, Yangi O’zbekistonni, Uchinchi Renessans poydevorini mustahkam barpo etishda bilimli zukko yoshlarga ishonishini aytdi. Bu yo‘lda ularni yaratilgan imkoniyatlardan foydalanishga, intilish va izlanishdan aslo to‘xtamaslikka chaqirdi.

Ayniqsa, “Sizlar O’zbekiston tarixiga oltin harflar bilan yoziladigan buyuk ishlarni amalga oshirishga qodirsiz. Yoshlik–g‘animat, vaqt g‘animat, fursat borida otni qamchilang. Davlatimiz, xalqimiz yaratib berayotgan imkoniyatlarning qadriga yeting! Dunyoga o‘z so‘zingizni ayting!” degan so‘zlari yoshlarimiz uchun tub burilish va ulkan o‘zgarishlar davridagi hayotbaxsh va oqilona da’vatdir.

Saidjon BOBOJONOV,

  Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi

 Yoshlar parlamenti  a’zosi .

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    103
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+