Xalq irodasi va fikrining amaldagi ifodasi

19.07.2023, 10:03

Xalq irodasi va fikrining amaldagi ifodasi

O’zbekiston Respublikasining saylangan prezidenti o‘z lavozimiga kirishishiga bag‘ishlangan marosimdagi nutqini partiyamizning Buxoro viloyatidagi barcha bo‘g‘inlari faollari bilan birga tinglab, keyingi 7 yilda mamlakatimizda amalga oshiriladigan islohotlar, ro‘y beradigan tub o‘zgarishlar bilan yaqindan tanishdik.

Prezidentimiz ta’kidlanganidek, dunyoda kechayotgan turli ziddiyatli vaziyatlar qator mamlakatlar iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotir. Iqlim o‘zgarishlari, tabiiy boyliklar va suv resurslarining tobora taqchil bo‘lib borayotgani ham barqaror rivojlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi. Mana shunday og‘ir va tahlikali vaziyatda xalqimiz manfaatlariga to‘la mos keladigan yagona to‘g‘ri yo‘l, samarali ichki va tashki siyosat yo‘lini aniq belgilab olish hamda unga qat’iy amal qilish lozim.

Shu bois, ma’ruzada bu borada kelgusi 7 yilga mo‘ljallangan strategik maqsadlar ko‘rsatib o‘tilgan. Jumladan, qonunchilik va ijro hokimiyatini takomillashtirish, ixcham va samarali boshqaruv tizimini tashkil etish, ijtimoiy va soha xizmatlarini rivojlantirish, tadbirkorlik uchun imkoniyatlarni kengaytirish, ish o‘rni va aholi daromadlarini oshirishga ko‘proq e’tibor qaratish dolzarb vazifalardandir. Yashil iqtisodiyot, yashil energiya, investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni  rivojlantirish, 2030 yilga borib mamlakatimizda yalpi ichki mahsulot hajmini 160 mlrd dollarga yetkazish ham asosiy maqsadlar sirasiga kiradi.

Ushbu maqsadlarni amalga oshirishda mamlakatimiz rahbari faqat va faqat yoshlarga ishonishini qayd etdi. Demak, ilmli, ma’rifatli jamiyatni barpo etish, oliy ta’lim tizimidagi qamrovni bir necha baravarga oshirish zimmamizdagi eng muhim vazifalardan.

Eng muhimi, davlatimiz rahbarining ayni nutqi partiyamiz faollari, barcha maslakdoshlarimiz uchun muhim dasturilamal va strategik maqsadlarni o‘zida mujassam etgan muhim hujjat vazifasini o‘taydi.

Obidjon HAMIDOV,
O‘zLiDeP Buxoro viloyat kengashi raisi,
Xalq deputatlari viloyat kengashi deputati

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    85
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+