“Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish – vaqtni yutish va daromad topishdir

19.07.2023, 11:46

“Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish – vaqtni yutish va daromad topishdir

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning lavozimiga kirishish  tantanali marosimidagi nutqi xalqimiz, Vatanimiz hayotidagi eng yorqin tarixiy voqealardan biri bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Unda mamlakatimizning taraqqiyot strategiyasi, yurtimizning ertangi istiqboli aynan nimalarga bog‘liqligi chuqur tahlil qilindi, xalqimiz farovonligini oshirish yo‘lida oldimizda turgan dolzarb masalalalarga doir mulohazalar bayon qilindi.

E’tiborli jihati shundaki, tadbirkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida partiyamiz asosiy elektorati sanalgan ishbilarmonlar, fermerlar uchun yaqin istiqbolda  bir qator imtiyozu yengilliklar berish ishlari izchil davom ettiriladi. Soliq tizimini soddalashtirish va barcha tadbirkorlar uchun teng imkoniyatlar yaratish, kelgusi yillarda biznes uchun qo‘shilgan qiymat, foyda, aylanmadan olinadigan va mol-mulk solig‘i bo‘yicha stavkalar oshirilmasligi qat’iy kafolatlanadi. 

Prezidentimiz o‘z ma’ruzasida Yangi O’zbekistonning taraqqiyotini bilimli, zamonaviy fikrlaydigan yoshlarsiz tasavvur etolmasligini bildirdi. Yurtimiz va chet eldagi nufuzli oliygohlarda o‘qigan, yirik kompaniyalarda ishlagan salohiyatli yoshlar timsolida  ertangi kunimizning yangi rahbarlarini, hudud, tarmoq va sohalarning mohir boshqaruvchilarini ko‘rishni, bu bilan yoshlarga katta ishonch bilan qarayotganini alohida ta’kidladi.

 “Yoshlarimizga ilm berib, ularning mustaqil kasbga ega bo‘lib, o‘zining tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishiga ham katta hissa qo‘shamiz. Har bir kun bu – imkoniyat, har bir kun bu – kelajakka poydevor!”. Yurtboshimizning oliy minbardan aytgan gaplari  yurtimizdagi har bir yosh yigit-qizning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini yanada oshirib, o‘z tanlagan sohasi bo‘yicha iqtidorini ro‘yobga chiqarishga undaydi.  Partiyamiz o‘z elektorati manfaatlaridan kelib chiqqan holda Prezidentimiz ilgari surgan  rivojlanish va taraqqiyot dasturini barcha tadbirkorlar, fermerlar, mulkdorlar, ishbilarmon doira vakillariga yetkazishga  astoydil harakat qilamiz.

Yurtimizda “20 ming tadbirkor - 500 ming malakali mutaxassis”  dasturi doirasida tadbirkorlarga alohida imtiyozlar berilayotgani ishbilarmonlarni  yanada ruhlantirmoqda. Xorazm viloyatining  chekka tuman,  qishloqlarida tadbirkorlarni izlab topish, ularga ko‘maklashish borasida O‘zLiDeP viloyat, shahar, tuman kengashi deputatlari, mahalla faollari, apparat rahbarlari bilan hamkorlikda ishlanmoqda. Ochiq, samimiy muloqotlar o‘tkazilmoqda. Muloqotlar davomida tadbirkorlar bilan manfaatli hamkorlik qilish, yangi ish o‘rinlari yaratish, ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash orqali kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha vazifalar belgilanmoqda.

 O’z navbatida, qishloq xo‘jaligini ilmiy asosda rivojlantirish maqsadida suv tejamkorligi bo‘yicha innovatsion texnologiyalarni  keng jalb qilish bo‘yicha oldimizga qo‘ygan maqsad va vazifalarni so‘zsiz amalga oshirish dolzarb vazifalarimizdan biridir.           Ayniqsa, Xorazm vohasining o‘ziga xos iqlim  sharoitida suvdan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanishning dolzarbligini  xorazmlik  dehqon, fermer xo‘jaliklar xodimlari yaxshi bilishadi.    Aytish joizki, suv va boshqa energiya  resurslarining  cheklangan sharoitida   qishloq xo‘jaligiga innovatsion texnologiyalarni keng jalb qilish orqali hosildorlikni oshirish borasidagi targ‘ibotlarimizni chekka hududlarda faoliyat yuritayotgan   fermerlarilarimizga yetkazishga harkat qilamiz.

Jumladan, suv xo‘jaligi ob’ektlarini raqamlashtirish bo‘yicha 2023 yil yakuniga qadar 187 dona “Aqlli suv”, yer osti sizot suvlarini monitoring qilish uchun  155 dona “Dayver” texnologik qurilmasini o‘rnatish hamda  suv resurslarini tejash maqsadida  1  943 gektarda yomg‘irlatib sug‘orish va 1 000 gektarda diskret usulda sug‘orish texnologiyalari joriy qilinadi. Bugungi kunda 3 009 gektar paxta maydonlarida tomchilatib sug‘orish, 1 338 gektar g‘alla maydonlarida yomg‘irlatib sug‘orish hamda 10 220 gektar yerlar lazerli tekislanib, agrotexnik tadbirlar bajarilmoqda. Shuningdek, 182 ta fermer xo‘jaligining  kollektor tarmoqlari, 238 ta meliorativ kuzatuv quduqlari rekonstruksiya qilinmoqda.

Bir so‘z bilan aytganda, bugungi kunning dolzarb  vazifasi – “Yashil iqtisodiyot” ga o‘tish, qayta tiklanuvchi energiya vositalaridan keng foydalanish orqali iqtisodiyotni taraqqiy qildirishdan iborat ilg‘or tajribalarni joriy qilish vaqti keldi. Bu muhim jarayonda partiyamizning ko‘p sonli a’zolari, deputatlarimiz, partiya faollari yordamida oldimizda turgan vazifalarni bajarishga astoydil haraqat qilamiz.

Islom FAYZULLAYEV,
O‘zLiDeP Xorazm viloyat kengashi raisi

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    208
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+