Mamlakatimiz yoshlari doimo izlanish va intilishda bo‘ladi

19.07.2023, 12:15

Mamlakatimiz yoshlari doimo izlanish va intilishda bo‘ladi

Mamlakatimiz aholisining qariyb 60 foizga yaqinini yoshlar tashkil qiladi. Bugungi kunda yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini tizimli hal etish borasida bir qator ijobiy ishlar olib borilmoqda.

Xabaringiz bor, iyun oyi “Yoshlar oyligi” deb e’lon qilindi va viloyatimizning barcha tuman va shaharlarida, mahalla fuqarolar yig‘inlari, qishloq va ovullarda yoshlar kuni munosabati bilan bayram tadbirlari, intellektual o‘yinlar tashkil etildi.

Bir oy davomida o‘tkazilgan festivallar doirasida 320 dan ortiq tadbirlar, sport musobaqalari, intellektual o‘yinlar, harbiy-vatanparvarlik loyihalari o‘tkazildi.

Festivallar doirasida jami 815 000 nafar yoshlar qamrab olindi.

Viloyatda o‘tgan bir yil davomida “Yoshlar daftari”ga 22 899 nafar yoshlar kiritilib, ularning 12 015 nafariga amaliy yordam kursatilgan.

Misol uchun, ularning 3 296 nafarining to‘lov shartnoma mablag‘lari to‘lab berilgan, 1 095 nafariga mehnat qurollari olib berilgan, 527 nafari ish o‘rinlariga joylashtirilgan, 1 375 nafariga tibbiy xizmatlar,
604 nafarining SChR va 186 nafarining haydovchilik guvohnomalari uchun mablag‘lar, 1 594 nafariga yer maydonlari ajratilgan.

Davlatimiz tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Besh tashabbus olipiadasi” va paraolimpiadasining respublika bosqichida Samarqand viloyati jamoasi faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, sportning stritbol turi bo‘yicha respublika final bosqichiga viloyatimiz mezbonlik qildi.

Davlatimiz rahbari “Men yoshlarni O’zbekistonning eng katta boyligi sifatida yuksak qadrlayman” degan.

Ushbu ishonch natijasida viloyatimiz yoshlari ham xalqaro fan olimpiadalari, nufuzli chempionatlarda hamda xalqaro sport arenalarida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilib kelishmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev lavozimga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisidagi nutqida ham yoshlarga murojaat qilib, aziz o‘g‘il-qizlarim, bugun tarixning o‘zi, zamonning o‘zi sizlarning oldingizda beqiyos imkoniyatlar ochmoqda.Sizlar O’zbekiston tarixiga oltin harflar bilan yoziladigan buyuk ishlarni amalga oshirishga qodirsiz.

Yoshlik – g‘animat, vaqt – g‘animat, fursat borida otni qamchilang! Davlatimiz, xalqimiz yaratib berayotgan imkoniyatlarning qadriga yeting! Dunyoga o‘z so‘zingizni ayting!

Izlanish va intilishdan aslo to‘xtamang!

Baxt va omad doimo sizlarga yor bo‘lsin! deya ta’kidlab o‘tganligi va bu yuksak ishonch – bizning oldimizga birdan bir maqsad – o‘z ustimizda tinimsiz ishlashga, bilim olishga, zamonaviy kasblarni puxta egallashga, ona yurtimizni ko‘z-qorachig‘imizdek asrashda faqat va faqat shijoatli bo‘lishga chaqiradi.

Xurshidjon HASANOV, 
O'zLiDeP "Yoshlar qanoti" faoli, O’zbekiston jurnalistika
va ommaviy 
kommunikatsiyalar universiteti talabasi.

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    110
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+