Yangi g‘oya va tashabbuslar bo‘lsa, amaliy natijalar, albatta, bo‘ladi

20.07.2023, 09:53

Yangi g‘oya va tashabbuslar bo‘lsa, amaliy natijalar, albatta, bo‘ladi

Mamlakatimiz yangi davrga qadam qo‘ymoqda. Islohotlarimizning ta’sirchanligi va bardavomligini ta’minlash uchun oldimizga qo‘ygan maqsad-muddaolarga erishish uchun yanada ko‘proq mehnat qilishimiz talab etiladi. Har qanday yangilanishlar oldida xavf-xatar, to‘siq va g‘ovlar bo‘lishi tabiiy. Ularni bartaraf etish uchun aql idrokimiz, bilim va iqtidorimizni ishga solishimiz zarur. 

“Inson – jamiyat – davlat” va “Inson qadri uchun” degan ezgu g‘oyalarni ustuvor etib belgilangan Yangi O’zbekistonning mustahkam poydevorini barpo etish oldimizda turgan eng dolzarb vazifa sanaladi. Uning asosini  esa inson manfaati, qadru qimmati, baxtli hayoti va orzu umidlari ijobati tashkil etishini unutmasligimiz darkor. 

Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan  keng ko‘lamli islohotlar xalqimiz tomonidan iliq kutib olindi. Amaliy natijasini bera boshlagan ulug‘vor ishlar odamlarda ertangi farovon hayotga umid baxsh etdi. Tarixan qisqa davrda erishilgan yutuqlar el-yurt farovonligi yo‘lidagi xayrli ishlarning katta samara berishini isbotladi.  

E’tiqod ulug‘ va mustahkam bo‘lsa, albatta, xalqni nurli manzillar sari eltishi tabiiy. Buning uchun xalqimiz yurtboshimiz atrofida birlashmog‘i, ulug‘vor maqsadlar sari dadil qadam tashlamog‘i zarur. Amaliy ishlari xalqning ishonchini qozongan, Yangi O’zbekiston, uchinchi Renessans poydevoriga ta’mal toshini qo‘ygan, el-yurt manfaati, baxti yo‘lida kurashishni umr mazmuniga aylantirgan davlatimiz rahbarini saylab, nurli istiqbolimizni belgilab oldik. Ko‘p millatli xalqimiz nurli kelajak qurish, farovon davlat qurishdek hayotbaxsh g‘oya atrofida birlashib, Prezidentimizga yelkadosh bo‘lib, Vatanimiz shuhratini dunyoga yoyish, xalqimizning farovon hayotini ta’minlash borasidagi islohotlarni yanada jadallashtirish uchun bor kuch-g‘ayratimiz va zakovatimizni sarflashimiz talab etilmoqda.

Barchamiz birgalikda kelajakka ishonch bilan intilib, butun diqqat-e’tiborimizni oldimizda turgan vazifalarni hal etishga qaratishimiz, xalqimiz kutayotgan, davrning o‘zi talab etayotgan yangi g‘oya va tashabbuslarni amalga oshirish uchun ko‘proq va samaraliroq faoliyat olib borishimiz kerak. Shu o‘rinda o‘tmishda yo‘l qo‘yilgan xatolar bizga jiddiy saboq bo‘lishi, ularni kerakli xulosalarni chiqargan holda  jonajon   O’zbekistonimizning dunyodagi o‘rni va nufuzini yanada yuksaltirish, Vatanimiz shuhrati va shon-sharafini hamma jabhalarda munosib va mardona himoya qilishimiz talab etiladi.

Milliy o‘zligimiz va ezgu qadriyatlarimizni asrab-avaylash, madaniyat, ma’naviyat va ma’rifat sohalarini rivojlantirish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash bo‘yicha oldimizda turgan dolzarb  vazifalarni amalga oshirish uchun izlanimiz, yanada ko‘proq mehnat qilishimiz kerak. Tadbirkorlik uchun yanada qulay imkoniyatlar yaratib, yangi-yangi ish o‘rinlari ochish, aholi daromadlarini ko‘paytirish, yoshlar va xotin-qizlarni zamonaviy kasb-hunarlarga o‘qitish, ularning bandligini oshirish  borasidagi islohotlarning bardavomligi ta’minlanib,  ta’lim va tarbiya, sog‘liqni saqlash, ilm-fan, madaniyat va san’at, sport sohalarini rivojlantirish, yangi uy-joylar qurish, aholini ichimlik suvi, energiya bilan ishonchli ta’minlash, ijtimoiy infratuzilmalar ishini yaxshilash borasida dasturda e’tirof etilgan vazifalar ijrosi ham, diqqat-e’tiborimizda bo‘ladi. 

Qashqadaryoda tadbirkorlikni rivojlantirish, ayniqsa yoshlarga tadbirkorlikni o‘rgatish va ularning g‘oyalarini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.  Vohada amalga oshirilayotgan barcha islohotlar tadbirkorlikni rivojlantirish orqali mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish, turmush tarzini yanada yaxshilashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Prezidentimizning   tashrifi chog‘ida bildirgan yangi-yangi g‘oyalari, tashabbuslarini amalga oshirish asnosida iqtisodiy taraqqiyotni yanada rivojlantirish, barqarorlikni ta’minlashda oshirishda muhim ahamiyat kasb etish barobarida xalqimizning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlamoqda.

Shuhrat ASLANOV,

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi raisi

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    191
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+