Bir mushtga aylansak…

03.08.2023, 09:53

Bir mushtga aylansak…

Bugunga kelib O‘zLiDeP Yashnobod tuman kengashi tarkibida 10 856 nafar safdoshimizni birlashtirgan 138 ta boshlang‘ich partiya tashkiloti, 12 nafar Xalq deputatlari Yashnobod tuman kengashi deputati, tumandan saylangan 2 nafar Toshkent shahar kengashi deputati faoliyat yuritmoqda. Partiya tuman kengashi a’zolari soni 17 nafarni tashkil etadi. Jami 67 ta mahallada BPTlar mavjud.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida 2022- 2023 yillarda tuman hududida 118,6 ming tup daraxt ko‘chatlari ekilgan. Ushbu loyiha doirasida O‘zLiDeP Yashnobod tuman kengashi faol qatnashib, o‘z hissasini qo‘shdi.

Tumanda sanoat korxonalari soni 1 107 tani, shundan yirik korxonalar 34 tani tashkil etadi. So‘nggi 5 yilda ishlab chiqarish korxonalari 187 taga oshgan. Tuman iqtisodiyoti savdo, moliya, transport, aloqa va axborotlashtirish, turizm va tibbiyot bilan bog‘liq xizmatlar sohalari hamda qurilish materiallari va to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish sohalariga ixtisoslashgan.

Deputatlar tomonidan bosh lang‘ich partiya tashkilotlari hamkorligida amaliy ishlar qilinmoqda. Masalan, Yashnobod tumani Ibrat va Ma’rifat mahallalaridagi yo‘llarning asfalt qilinishida deputatlarning o‘rni bor. Shuningdek, Qo‘yliqobod mahallasi ko‘chalaridagi simyog‘ochlar 50 yildan buyon almashtirilmaganligi sababli, chirib, avariya holatiga kelib qolgani yuzasidan aholi murojaat qilgan edi.

Joriy yil boshidan hozirgacha O‘zLiDeP Yashnobod tuman kengashi tomonidan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning muammolarini hal etish, ayniqsa, yoshlarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha davra suhbati, seminarlar, ochiq muloqotlar tashkil etildi.

Bu borada kengash va deputatlarning hamkorligi muhim sanaladi. Ushbu tadbirlar natijasida yoshlarning bandligini ta’minlashga e’tibor qaratildi va 29 nafari ishli bo‘ldi. Shuningdek, 17 nafariga o‘z tadbirkorligini boshlash uchun yordam berildi.

Fuqarolarning muammoli masalalarini hal etish, ayniqsa “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilganlarning murojaatlari o‘rganildi, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olindi. Ushbu tadbir natijasida 12 ta muammoli masala hal etildi.

Yashnobod tumanida olib borilayotgan keng ko‘lamli amaliy ishlarda O‘zLiDeP tuman kengashining kamtarona ulushi bor. Ezgu niyatlarimiz katta: nasib etsa, saylovchi ham, deputat ham bitta musht bo‘lib birgalikda harakat qilsak, har qanday muammoga yechim topiladi.

Saidolim NASRETDINOV,

O‘zLiDeP Yashnobod tuman kengashi raisi

  • Ko'rildi
    113
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+