Elga nafim tegsa bas

08.09.2023, 12:11

Elga nafim tegsa bas

Bugun tibbiyot, ta’lim, tadbirkorlik, hunarmandlik va boshqa sohalarda xizmat qilayotgan xotin-qizlarimiz o‘zlarining faolliklari bilan yurtimiz obodligi, xonadonlarimiz farovonligi, farzandlarimiz tarbiyasi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatib kelishmoqda.

Boyovut tumanid a “Bolg‘ali Qilich aka” fermer xo‘jaligini tashkil etganimda 27 yoshda edim. 2006 yilda xo‘jalikni atigi 5 kishi bilan boshlagan edik.

O’tgan yillar, albatta, oson kechmadi. Shunday bo‘lsa-da, tinimsiz mehnat qildik. Hozirda 30 nafar mahalladoshim yonimda suyanchiq, doimiy ish bilan band. Mehnat insonni yomon o‘y-xayollardan asraydi, toblaydi, foydali ishlar sari undaydi. Eng asosiysi, u sizni elga, yurtga tanitadi. 2020 yili Prezidentimiz farmoniga binoan “Mehr-saxovat” ko‘krak nishoniga munosib deb topilganimda boshim osmonga yetgan. 2019 yildan beri esa Xalq deputatlari Boyovut tuman kengashi deputatiman.

Qo‘limdan kelmaydi, degan so‘zni umuman tilimga olmaganman. Balki shuning uchun barcha ko‘zlagan maqsadlarimga erishib kelayotgandirman. Menga har doim ko‘makdosh, yelkadosh bo‘lib kelgan turmush o‘rtog‘im dunyodan o‘tganiga mana olti yil bo‘ldi. Yetti farzandimni ham ota, ham ona bo‘lib voyaga yetkazdim. Hozirda ularning olti nafarini kasb-hunarli qildim, kenjam Guliston shahridagi Prezident maktabida tahsil olmoqda.

O‘zLiDeP tashabbusi bilan an’anaviy tarzda har yili o‘tkazib kelinayotgan “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovida faxrli birinchi o‘ringa sazovor bo‘lganim ham mehnatim ortidan kelayotgan ardoqning, partiyaning o‘z elektoratiga e’tiborining bir ko‘rinishidir. Shu kunlarda tuyaqush boqishni ham rejalashtiryapman. Nasib etsa, yana uch-to‘rt mahalladoshim ishli bo‘ladi.

Gulchehra QARSHIBOYEVA,

Boyovut tumanidagi “Bolg‘ali Qilich aka” fermer xo‘jaligi rahbari,

Xalq deputatlari tuman kengashi deputati

  • Ko'rildi
    84
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+