Ko‘rik-tanlov katta tajriba maktabini o‘taydi
19.09.2023, 11:05
– Fermer xo‘jaligimiz 2006 yilda tashkil etilgan bo‘lib, asosan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bilan shug‘ullanar edik. So‘nggi yillarda yurtimizda amalga oshirilayotgan jadal islohotlar hamda biz tadbirkorlarga berilayotgan ulkan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda imtiyozli kredit olib, faoliyat turimizni kengaytirishga erishdik.
Bugungi kunda chorvachilik, asalarichilik va baliqchilik tarmoqlari ham yo‘lga qo‘yildi. “Ulug‘bek Durbek porloq kelajagi” oilaviy korxonasi bilan hamkorlikda sut mahsulotlari ishlab chiqar yapmiz. Shuningdek, qo‘shni davlatlarga yiliga 5–7 tonna asal eksport qilamiz.
Korxonamizda 28 nafar xodimning doimiy bandligi ta’minlangan. Bundan tashqari, 250 nafar mavsumiy ishchi mavjud. Faoliyatimizni yanada kengaytirish maqsadida bir qancha istiqbolli loyihalarni o‘rganyapmiz.
“Ishbilarmon ayol – 2023” ko‘rik-tanlovida hakamlar hay’ati tomonidan birinchi o‘ringa loyiq ko‘rilishim menga va jamoamizga katta mas’uliyat yukladi, deb bilaman. Ushbu tanlovda ishtirokim orqali bir qancha ishbilarmon, tashabbuskor ayollar bilan tanishdim, shuningdek, sohamni yanada kengaytirishga doir muhim hamkorlar va biznes g‘oyalar orttirdim.
Shahzoda TO’XTAYEVA,
Navoiy viloyatidagi “Dilshodjon orzusi” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi ta’sischisi,
“Ishbilarmon ayol – 2023” ko‘rik-tanlovi g‘olibi
O'xshash yangiliklar
-
Poytaxtlik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
25.04.2024, 12:01
-
Ishbilarmon ayollar saralanmoqda
21.04.2024, 13:39
-
O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” loyihalari orqali ishsiz xotin-qizlar tadbirkor bo‘lyapti
09.04.2024, 19:52
-
Qoratepalik Matluba opa tomorqasidan har yili 30 million so‘m daromad qilmoqda
09.04.2024, 19:49
-
Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirishga eʼtibor yana-da kuchaygan
31.03.2024, 10:51
Fikringizni qoldiring