Mirzaobodda sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida qilinayotgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi

21.09.2023, 09:41

Mirzaobodda sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida qilinayotgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi

Joriy yilning 20 sentabr kuni Xalq deputatlari Mirzaobod tuman Kengashining 71-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Spiker o‘rinbosari Aktam Xaitov, parlament quyi paltasi deputatlari, mahalliy Kengash deputatlari, tuman sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, tuman huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, siyosiy partiyalar, jamoat va boshqa tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Sessiyada tumanda sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlash hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Birinchi masala yuzasidan Mirzaobod tumani hokimining birinchi o‘rinbosari B.Xatamov axborot berdi.

Hisobotda ta’kidlanishicha, shu yilning yanvar–iyun oylarida tumanda 302,6 mlrd. so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilgan bo‘lib, shundan, 127,7 mlrd. so‘mi yoki umumiy hajmning 42,2 foizini kichik biznes sub’ektlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar tashkil qilgan.

Hududiy investitsiya loyihalarining ishga tushirilishi bo‘yicha tumanda 2023 yilda umumiy qiymati 785,7 mlrd. so‘mlik 59 ta hududiy loyihalar ishga tushirilib, 1389 ta ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan.

Bundan tashqari tumanda sanoatni rivojlantirish hisobiga 76 ta, xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga 4075 ta, qishloq ho‘jaligi yo‘nalishida 2985 ta, qurilish va kommunal xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish hisobiga 186 ta yangi ish o‘rinlari yartilgan.

Oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 1249 ta loyihalarga 22,7 mlrd.so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratilgan. Jumladan, 443 nafar yosh tadbirkorlar uchun 8,8 mlrd.so‘m, 557 nafar ayol tadbirkorlar uchun 6,9 mlrd.so‘m kredit mablag‘lari yo‘naltirilgan.

Shuningdek, yil boshidan buyon “Ayollar daftari”da turgan 212 nafar ayollarga 1,9 mlrd.so‘m, “Yoshlar daftari”da turgan 31 nafar yoshlarga 558 mln.so‘m hamda “Temir daftar”da turgan 16 nafar fuqarolarga 264 mln. so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratilgan.

Muhokamalar davomida tumanda kichik sanoat zonalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash, ichimlik va oqova suv tarmoqlari hamda avtomobil yo‘llarini qurish-ta’mirlash ishlarida kamchiliklar borligi tanqid ostiga olindi.

Ikkinchi masala yuzasidan Mirzaobod tumani hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari D.Azimov axborot berdi.

Ma’ruzada ta’kidlanganidek, tumanda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’ektlarini 2023-2024 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlash bo‘yicha ham bir muncha ishlar amalga oshirilmoqda. Jumaladan, bugungi kunda 24 ta (77,8 foiz) ijtimoiy soha ob’ektlarida 0,288 kilovatt quyosh panellari hamda 2,1 ming litr (38,2 foiz) geliokollektor o‘rnatilgan.

Sentabr oyi oxiriga qadar 9 ta ijtimoiy soha ob’ektlariga 110 kvt, jumladan, 6 ta tibbiyot 70 kvt, 1 ta maktab 20 kvt, 2 ta MTT 20 kvt quyosh panellari o‘rnatilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, tumanda 51 ta aholi xonadonlarini 282 kilovattli kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalariga o‘tkazish hamda 6,9 ming litr geliokollektorlar o‘rnatilishi belgilangan. Amalda, 8 ta (15,7 foiz) xonadonlarga 0,020 kilovatt (7,1 foiz) quyosh panellari o‘rnatilgan.

Joriy yilda tumanda 65 ta tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan 1,3 megavatt quyosh panellarini o‘rnatilishi belgilangan bo‘lib, bugungi kunda 16 ta (1,3 foiz) 0,110 kilovattli (8,5 foiz) quyosh panellari o‘rnatilishi tashkil etilgan.

2023-2024 yillar kuz-qish mavsumida tabiiy gaz iste’molchilarini uzluksiz tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida 2,0 km gaz quvurlarini mukammal ta’mirlash rejasi to‘liq bajarilgan.

Gaz taqsimlash punktlari hamda yer osti gaz quvurlarining holatini tekshirish va taftish qilish ishlari rejaga asosan amalga oshirilib kelinmoqda.

Kuz-qish mavsumida tuman aholisini ko‘mir yoqilg‘isi bilan markazlashgan holda ta’minlash maqsadida “Ko‘mir ta’minot” MChJ, “Boyovut ko‘mir yetkazuvchi” filiali bilan ko‘mir yoqilg‘isi mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha chora-tadbirlarga ko‘ra, mavsumda tuman bo‘yicha 4 970 tonna ko‘mir mahsuloti ist’emolchilarga yetkazib berilishi prognoz qilingan. Shudan, aholi ist’emolchilariga 2 035 tonna, budjet tashkilotlariga 2 935 tonna mahalliy ko‘mir mahsulotini yetkazib beriladi.

Bundan tashqari kuz-qish mavsumida elektr qurilmalar barqaror ishlash rejasiga asosan Mirzaobod TETK tomonidan 32 dona transformator punkti va 74,2 km 0,4-10 kv havo tarmog‘i mukammal va 70 dona transformator punktlarni joriy ta’mirlash, 142,6 km 0,4-10 kv havo tarmog‘ini joriy ta’mirlash rejalashtirilgan bo‘lib, mutasaddi tashkilot tomonidan ushbu masalalar doimiy nazoratga olingan.

Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari A.Xaitov so‘zga chiqib, o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, sohada yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarga to‘xtalib o‘tdi.

Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlarning savollariga mutasaddi xodimlarning javoblari tinglandi, sohada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan muhokamalar olib borildi, ularni bartaraf etish yuzasidan sessiyaning tegishli qarori qabul qilindi.

  • Ko'rildi
    98
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+